Bino qurilishi va rekonstruksiyasida daraxtlarga kimyoviy moddalar orqali shikast yetkazish, payhon qilish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Tok va portlovchilardan foydalanib ovchilik va baliqchilik, shuningdek, ekologiya inspektorlari ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarimalar kuchaytirildi.
Prezident farmoni bilan, ov qilish va ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning yangicha tartibi o‘rnatildi. Endi ov faqat xo‘jalik hududida amalga oshiriladi, ov yerlari auksionda 49 yilga beriladi, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiradiganlar soliq imtiyozlari oladi. Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar yuklandi.
Qoraqalpog‘istonda to‘rt kishi «Qizil kitob» ga kiritilgan 14 ta jayron va 5 dona yovvoyi qo‘yonni ovlagani aniqlandi. Ular tabiatga 190 mln so‘mlik zarar yetkazgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Navoiy viloyatida ov mavsumida mumkin bo‘lgan kvotadan tashqari 13 ming boshdan ortiq yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanishiga imkoniyat yaratilgani aniqlandi. O‘tgan yili 1 707 holatda noqonuniy ov amalga oshirilib, vaqtida choralar ko‘rilmaganligi ham ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting