22-fevral kuni O‘FA prezidenti lavozimi uchun navbatdan tashqari saylov bo‘lib o‘tadi. Assotsiatsiya a’zolari DXX sobiq rahbari Abdusalom Azizovdan bo‘shab qolgan lavozimga xizmatning amaldagi raisi Bahodir Qurbonov nomzodini ilgari surdi.
Oltita futbol klubi — “So‘g‘diyona”, “Navbahor”, “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro” va “Orol"ga futbolchilar va murabbiylar oldidagi qarzdorliklari, shuningdek, hududiy futbol akademiyalari bilan hamkorlik shartlariga rioya qilmagani sababli ikkita transfer oynasi uchun transfer taqiqi qo‘yildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Bunyodkor” va “Nasaf”o‘rtasidagi uchrashuvda hakam qarorlaridan norozilik ortidan yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborov doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlatilgandi. O‘FA tekshiruv hali yakunlanmagani, uning ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganilayotganini bildirdi.
O‘zbek futbolining yil yakuniga bag‘ishlangan «Uz Football Awards-2021» marosimida Eldor Shomurodov «Yilning eng yaxshi futbolchisi», Dilshod Rahmatov «Yilning eng yaxshi futzalchisi» va Dildora Nozimova esa «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» deb e’tirof etildi. Taqdirlash marosimi tafsilotlari va sovrindorlar bilan suhbat — «Gazeta.uz» reportajida.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida maqsadi Jahon chempionatiga chiqish ekanligini, ammo ungacha qiladigan ishlar ko‘pligini ta’kidladi. “Men doim turli yoshdagi murabbiylar uchun ochiqman, ular bilan hamkorlikda ishlashimiz kerak. Sababi yosh terma jamoalar kelajakda aynan milliy terma jamoaga futbolchi yetkazib beradi”, — deydi u.
Futbol bo‘yicha Pro ligada ishtirok etuvchi «Yangiyer» hamda «Sho‘rtan» futbol klublarining ayrim vakillari haq evaziga kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi va totalizator o‘ynaydiganlarga yordam berganligi uchun 6 oydan 1 yilgacha futboldan chetlatildi. Klublarning aynan qaysi futbolchilari jazolangani haqida xabar berilmagan. O‘FA yuristi «Gazeta.uz»ga ushbu ma’lumotlarni oshkor qilish faqatgina Etika qo‘mitasining vakolati doirasida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda batafsil Og‘abek Samisov maqolasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting