«o‘quvchilar» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida o‘qituvchi maktab bolasini kaltakladi
29 noyabr 2024, 09:19

Toshkent viloyatida o‘qituvchi maktab bolasini kaltakladi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda informatika o‘qituvchisi qo‘shimcha dars vaqtida 15 yoshli o‘quvchini kaltakladi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda yana o‘quvchilar ijaraga olingan mashinada avariyaga uchradi
5 noyabr 2024, 14:50

Namanganda yana o‘quvchilar ijaraga olingan mashinada avariyaga uchradi

Namangan shahrida ikki nafar 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasida YTHga uchradi. Ular mashinani 150 ming so‘mga vaqtincha ijaraga olgan. Bir oycha avval xuddi shu shaharda ijaradagi avtomobilda avariyaga uchragan 3 nafar bola vafot etgandi.

200 ming so‘mga ijara avtomobil va uch kishining o‘limi: Namanganda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH tafsilotlari
10 oktabr 2024, 15:38

200 ming so‘mga ijara avtomobil va uch kishining o‘limi: Namanganda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH tafsilotlari

Namanganda Gentra avtomashinasini ijaraga olgan 5 nafar o‘quvchi katta tezlikda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgandi. Ulardan 3 nafari vafot etdi. Bu yil boshidan buyon shaharda mashina ijaraga olgan o‘quvchilar ishtirokida sodir bo‘lgan to‘rtinchi YTH bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.

Namanganda o‘quvchilar ijaraga olgan Gentra YTHga uchradi, o‘smirlardan biri vafot etdi
7 oktabr 2024, 14:38

Namanganda o‘quvchilar ijaraga olgan Gentra YTHga uchradi, o‘smirlardan biri vafot etdi

Namangan shahrida 5 nafar o‘quvchi ijaraga olgan Gentra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, katta tezlikda yuk mashinasiga urildi. Oqibatda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir vafot etdi, qolgan 4 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

“O‘zsuvta’minot” Toshkent viloyatida o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etdi
23 sentabr 2024, 15:26

“O‘zsuvta’minot” Toshkent viloyatida o‘quvchilar suvdan zaharlanganini rad etdi

“O‘zsuvta’minot” AJ Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda 12 nafar o‘quvchining zaharlanishiga suv iste’moli sabab bo‘lganini rad etdi. Suvdan olingan namunalarda uning belgilangan talablarga javob berishi aniqlangan. Qo‘shimcha tekshiruv olib borilmoqda.

Toshkent viloyatidagi maktabda o‘quvchilar suvdan zaharlangani aytilmoqda
23 sentabr 2024, 12:13

Toshkent viloyatidagi maktabda o‘quvchilar suvdan zaharlangani aytilmoqda

Olmaliq shahridagi ixtisoslashgan maktabda 12 nafar o‘quvchi filtrlanmagan suv iste’moli oqibatida zaharlangani aytilmoqda. Ularning 7 nafariga uyida davolanishga javob berilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Andijonda darsga kech qolgan qizlarga jismoniy mashq qildirgan maktab xodimiga intizomiy chora qo‘llandi
13 sentabr 2024, 16:27

Andijonda darsga kech qolgan qizlarga jismoniy mashq qildirgan maktab xodimiga intizomiy chora qo‘llandi

Andijon shahridagi maktabda darsga kech qolgan qizlar jismoniy mashq qilishga majburlandi. O‘quvchilarni shu tarzda “jazolagan” maktabning mas’ul xodimiga intizomiy chora qo‘llandi.

Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi
4 sentabr 2024, 17:23

Qashqadaryoda soliq xodimlari maktabdagi 2-sinf o‘quvchilari orqali ota-onalariga eslatma-xat yo‘lladi

Nishon tumanidagi 14-maktabda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash haqida eslatma-xat tarqatib, uni ota-onalariga yetkazishlarini so‘radi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilishiga oid ushbu holatni o‘rganayotganini, Soliq qo‘mitasi xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.

Bola nega 7 yoshdan maktabga borishi kerak?
16 avgust 2024, 10:58

Bola nega 7 yoshdan maktabga borishi kerak?

“Ayrim ota-onalar farzandi 6 yoshga to‘lishi bilan uni maktabga berishni xohlaydi, biroq bola har qancha aqlli bo‘lmasin, fikrlash qobiliyati to‘liq shakllanib ulgurmaydi”, — deydi SSV. Vazirlik ularni nega 7 yoshga yetgach maktabga yuborish kerakligi haqida tushuntirish berdi.

O‘zbekistonda 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘ldi
26 iyun 2024, 10:25

O‘zbekistonda 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Senat O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yana tanqid qildi. Qayd etilishicha, 5 oy davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 65 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan, 294 nafari jarohatlangan. 2023-yilda esa yo‘llarda 263 nafar bola halok bo‘lgan, 1568 nafari jarohatlangan.

Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi
19 may 2024, 09:10

Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi

Muzrabot tumanida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Sobalt haydovchisi 2 nafar bolani urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi.

Sirdaryoda o‘quvchilari sinfda klip tomosha qilgan maktab rahbariyati ishdan olindi
7 may 2024, 10:39

Sirdaryoda o‘quvchilari sinfda klip tomosha qilgan maktab rahbariyati ishdan olindi

Sardoba tumanidagi 5-maktabda o‘quvchilar Massa`ning “Dumba” klipini tomosha qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirgani uchun sinf rahbari, direktor va uning o‘rinbosari ishdan olinganini bildirdi.

Toshkentdagi maktabda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi
4 may 2024, 09:39

Toshkentdagi maktabda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi

Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 4 nafar 8-sinf o‘quvchisi dars paytida qarta o‘ynagani uchun ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Sinf rahbariga esa intizomiy chora ko‘rildi.

Jizzaxda o‘qituvchi dars tayyorlamay kelgan 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirdi
23 aprel 2024, 12:15

Jizzaxda o‘qituvchi dars tayyorlamay kelgan 1-sinf o‘quvchilariga stul ko‘tartirdi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 5-maktabda ingliz tili o‘qituvchisi dars tayyorlamay kelgan 13 nafar o‘quvchiga stul ko‘tartirib, videoni ota-onalar guruhiga yubordi. Bolalar ombudsmani bu tarzdagi jazo taqiqlanganini bildirdi. IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Maktab o‘quvchilarining bilimi yakuniy imtihonlarda yangicha usulda baholanadi
28 mart 2024, 23:37

Maktab o‘quvchilarining bilimi yakuniy imtihonlarda yangicha usulda baholanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlardagi bilimi yagona test materiallari asosida baholanadi. Imtihonlar davomida o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga mos keladigan fanni tanlashlari mumkin bo‘ladi. Yangi o‘quv yilidan 14 ta maktabda ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
19 mart 2024, 17:44

Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 21-martdan bahorgi ta’tilga chiqadi. IV o‘quv chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar 2023-yilda 3,5 mingta jinoyat sodir etdi
5 fevral 2024, 12:29

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar 2023-yilda 3,5 mingta jinoyat sodir etdi

2023-yilda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar tomonidan 3500 ta jinoyatchilik qayd etildi. Ularning 2280 tasi maktab o‘quvchilari hisobiga to‘g‘ri keldi. Prezident maktablarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularning “jinoyatga qarshi immunitetini” shakllantirish tizimini yaratish muhimligini aytdi.

Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
18 dekabr 2023, 12:17

Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Darslarga 11-yanvardan qaytiladi.

Toshkentda direktor sinfdoshi bilan mushtlashgan bolani urdi. Holat o‘rganilmoqda
19 noyabr 2023, 21:36

Toshkentda direktor sinfdoshi bilan mushtlashgan bolani urdi. Holat o‘rganilmoqda

Poytaxtdagi 217-maktabda ikki sinfdosh janjal oqibatida mushtlashdi. Direktor bolalarning biriga tanbeh berarkan, uni tepib, haqorat qildi va yuziga tarsaki tushirdi. Holatni huquq-tartibot idoralari o‘rganyapti. Maktab boshqarmasi voqeani qoralab, bu “pedagog obro‘siga putur yetkazishini” ta’kidladi.

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
16 oktabr 2023, 14:47

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak o‘qishning birinchi kuni 10-noyabrga to‘g‘ri keladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting