O‘zbekiston va CNNC kompaniyasi O‘zbekistonda Xitoyning kichik modulli yadroviy reaktorlaridan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Ikki davlat delegatsiyalari uran rudasini qazib olish quvvatlarini kengaytirish, uni qayta ishlash va keyinchalik yoqilg‘idan AESlarda foydalanish masalalarini ham muhokama qildi.
“O‘zatom” agentligi direktorining ma’lum qilishicha, atom stansiyalarini qurish uchun 14 ta potensial maydoncha dastlabki tarzda baholab chiqilgan. “Respublikaning turli hududlarida kichik reaktorlarni yanada rivojlantirish uchun ushbu maydonlarni batafsil o‘rganish rejalashtirilgan”, — dedi u.
Kichik atom elektr stansiyasi O‘zbekiston mulki bo‘ladi, dedi AES qurilishi direksiyasi rahbari Otabek Amanov. Uning aytishicha, yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun mahalliy urandan foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, u ishlatilgandan so‘ng Rossiyaga olib ketiladi. U loyihaning bosqichlari haqida ham ma’lumot berdi.
O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi, dedi “O‘zatom” rahbari maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov. Shuningdek, u atom energetikasini rivojlantirish va kichik modulli reaktorlarni tanlash zarurligini tushuntirdi.
O‘zbekistonda kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha birinchi shtab ish boshladi, unda qurilish maydoni va zarur infratuzilmani yaratish masalalari muhokama qilindi. “Rosatom” rahbari birinchi o‘rinbosarining tashrifi chog‘ida AES qurilishi shartnomasining kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Atom energiyasi agentligi tashkil etilmoqda, u Energetika vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tadi. Agentlik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, xo‘jalik jamiyatlari tashkil etish, iqtisodiyotdagi loyihalarni moliyalashtirish huquqini oladi.
“O‘zatom” direktori Azim Axmedxadjayev O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar haqida gapirib, hali hech narsa aniq emasligini ta’kidladi. “Faqat gaplashyapmiz, umumiy gaplar bo‘lyapti. Qaysi yo‘nalishda qanday imkoniyatlar borligini ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi u.
Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Baxtiyor Mamatkarimov esa vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Azizxo‘ja Qobilov ham Energetika vazirligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi.
Baxram Mansurov “O‘zatom” agentligi direktori, Ilxom Nimatullayev esa “O‘zneftgazinspeksiya” rahbari etib tayinlandi.
MAGATE yo‘riqnomasi asosida O‘zbekiston AES obektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqildi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, AES direktori energetika sohasida rahbarlik lavozimlarida 8 yillik mehnat staji, AESda 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lish talab etiladi.
Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida shartnoma «deyarli tayyor holatga keltirilgan», faqat texnik jihatlari qolmoqda. Xususan, AES uchun suv sarfini kamaytirish masalalari muhokama qilinmoqda, deya xabar berdi Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev.
Jo‘rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qoldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting