BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlar bilan O‘zbekistonda yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi. BYD Seagull va E2 ehtimoliy ishlab chiqarish uchun taqdim etilgan va laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Davron Xidoyatov “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisining innovatsiya va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Aleksandr Saxapov esa sotuvni rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xidoyatov o‘tgan hafta 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketgandi.
O‘zbek-qirg‘iz qo‘shma avtomobil zavodini ishga tushirish yana ortga surildi. Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunga ob-havo sharoiti sabab bo‘lmoqda. Ishga tushirishning yangi muddati 2024-yilning birinchi yarmi bo‘lishi mumkin.
«O‘zavtosanoat» AJ kompaniyasi boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov endi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga ham rahbarlik qiladi. U federatsiya yig‘ilishida o‘zbek gimnastikasi eski an’analarini qayta tiklashini ma’lum qildi.
Uch oy ichida O‘zbekistonda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Prezident elektromobillar uchun butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ularga texnik talab va standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
«O‘zavtosanoat» va «Turkmenistan-Motors» o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, Turkmaniston hududida UzAuto Motors avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Turkmaniston tomoni o‘zbek tovarlarini 300 million dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting