«o‘zbekiston-qirg‘iziston» tegli maqolalar


O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “Qorasuv” chegara posti 14 yildan so‘ng qayta ochildi (foto)
12 sentabr 2024, 11:06

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “Qorasuv” chegara posti 14 yildan so‘ng qayta ochildi (foto)

Andijon viloyatidagi Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Qorasuv” chegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi. Postdan kuniga 12 mingdan ortiq odam o‘tib-qaytishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”
18 iyul 2024, 17:52

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”

Sadir Japarov bilan bo‘lgan tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerakligini ta’kidladi. Japarov esa O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini aytdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada yana uchta o‘tkazish punkti ochishni rejalashtirmoqda
29 may 2023, 21:34

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada yana uchta o‘tkazish punkti ochishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati chegarada yana uchta o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirmoqda. Tarmoqlarda O‘zbekiston tomoni 2010-yilda faoliyati to‘xtatilgan “Bekobod-Xonobod” NO‘P yaqinidagi devorni buzayotgani aks etgan video tarqaldi. “Qorasuv” va “Kara-Bagish” NO‘Plarning ham ochilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi
27 yanvar 2023, 15:33

O‘zbekiston va Qirg‘iziston strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiyani imzoladi. Qolaversa, davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari almashildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pasport nazoratini osonlashtirishga kelishib oldi
6 dekabr 2022, 09:25

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pasport nazoratini osonlashtirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston pasport nazoratini osonlashtirishga kelishib oldi. Endilikda ikki davlat fuqarolari ID-kartani ko‘rsatish orqali chegaradan o‘tishi mumkin. Tegishli bayonnoma O‘zbekiston prezidentining 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanadi.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga pul olib o‘tish uchun tunnel qaziganlarga sud hukmi o‘qildi
17 iyun 2022, 23:07

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga pul olib o‘tish uchun tunnel qaziganlarga sud hukmi o‘qildi

Andijonda Qirg‘izistonga valyuta va tovar-boyliklarni olib o‘tishga mo‘ljallangan uchta tunnel fosh qilindi. Ularni 2 o‘zbekistonlik va 6 qirg‘izistonlikdan iborat jinoiy guruh qazigan. Ular 6−8 yilgacha muddatga qamaldi. Yana bir fuqaro tergovda.

O‘zbekistonliklardan pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegarachilari ushlandi
20 oktabr 2021, 13:19

O‘zbekistonliklardan pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegarachilari ushlandi

Chegarani kesib o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolari va katta yuk mashinalari haydovchilaridan muntazam ravishda pul talab qilib kelgan Qirg‘iziston chegara xizmati mansabdor shaxslari ushlandi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik jamg‘arma tashkil etadi
11 mart 2021, 15:43

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik jamg‘arma tashkil etadi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi. Kelgusida uning ustavi 200 mln dollarga yetkazilishi ham reja qilingan. «Yangi tashkil etiladigan jamg‘arma o‘zaro hamkorligimiz rivojlanishining katalizatoriga aylanadi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting