20-avgustdan O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida haftada bir marotaba amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkent — Budapesht yo‘nalishidagi reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.
12 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti OTP Bank bank boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. Davlat rahbari «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish bo‘yicha bitimi muvaffaqiyatli yakuni va Yevropaning yetakchi bank-moliya instituti O‘zbekiston bozoriga kirib kelgani bilan bank boshqaruvi raisini tabrikladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban O‘zbekiston hamda Vengriya o‘rtasida strategik sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, mamlakatlar vazirlari va idoralari rahbarlari 15 ta hujjatga imzo chekishdi. Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi.
Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana 9 ta hujjat imzolandi. Mamlakatlar bandlik, atom energetikasi, qishloq va suv xo‘jaliklari sohalarida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqdagi nomutanosiblikni bartaraf etishga kelishib oldilar. Ikkita viloyatda qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish bo‘yicha Vengriya tajribasini joriy etish rejalashtirilmoqda. Debretsen universiteti bu yil Toshkentda o‘z ishini boshlaydi.
Martning so‘nggi kunlarida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Oliy maqomdagi uchrashuvlar chog‘ida iqtisodiyot, energetika, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, hududlararo hamkorlik, bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida 10 dan ortiq kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Qolaversa, prezident Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) videoanjuman shaklida o‘tadigan norasmiy sammitida qatnashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting