Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In mamlakat O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtirishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonga 6 nafar amerikalik professor o‘qituvchilar kelishi kutilmoqda. Ular Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida eTIR (raqamli TIR) jarayoni asosida yuk tashishga oid tajriba amalga oshirildi. Toshkentdan maishiy elektr jihozlari ortilgan yuk mashinalari chegarani kesib o‘tdi, davlatlarning bojxona organlari esa tranzit kafolatlarini ko‘rib chiqdilar.
2019−2020 o‘quv yilida AQSHdagi o‘zbekistonlik talabalar soni 546 nafarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,4 foizga kamroq.
Yaqin oylarda AQSHdan 16 nafar ingliz tili o‘qituvchilari hamda yetakchi universitetlarining professorlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Ular xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda yordamlashadi. Bundan tashqari, Qarshi shahrida «Amerika oynasi» («American window») kutubxonasining ochilishi ustida ish olib borilmoqda.
O‘zbekiston tarixda birinchi marotaba uch yil muddat mobaynida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo 47 davlatdan biri sifatida faoliyat yuritadi.
11 sentyabrdan Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Air Astana aviakompaniyasining Olmaota — Toshkent — Olmaota reysi samolyoti Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston savdo aylanmasini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. So‘nggi uch yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 baravarga o‘sib, 2019 yil yakuniga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 818,4 mln dollarni tashkil etdi.
O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 131 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi. So‘nggi besh yilda mamlakat ma’lumotlar yetishmagani sababli reytingga kiritilmagan edi.
O‘zbekiston JSSTning COVAX (koronavirusga qarshi vaksina qilish) dasturiga qo‘shildi. Hozirda JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud ekani aytilmoqda.
O‘zbekiston Afg‘oniston Maslahat loya jirg‘asining 400 nafar tolib-mahbusni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlashini ma’lum qildi. Afg‘onlararo muzokaralari shu hafta ichida boshlanishi mumkin.
Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi davomida atom sohasida hamkorlik, OTP banki va Debrecen universiteti filiallarini ochish, «O‘zbekiston-Vengriya-YeI» formatidagi hamkorlik va boshqa masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston birinchi marotaba “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi” indeksiga kiritilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o‘rinni, MDH davlatlari orasida esa 5-o‘rinni egalladi. Eng yuqori o‘rinlarni Germaniya, Xitoy va Janubiy Koreya davlatlari band etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting