Tataristonda ishchilarning vaqtinchalik yashash uyi yonib ketdi. U yerdan 6 erkakning jasadi topildi, ularning 5 nafari o‘zbekistonlik. Qozondagi Bosh konsulxona diplomatlarni voqea joyiga jo‘natdi va vaziyatni nazoratga oldi.
O‘zbekiston elchixonasi AQShning Florida shtatidagi o‘zbekistonliklarni “Milton” to‘foni sabab ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Tez yordam kerak bo‘lganida vakolatxona va shtatdagi yordam xizmatlariga murojaat qilishlari so‘raldi.
Rossiyaning Odinsovo shahrida o‘tkazilgan reydlarda 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy mehnat olib borgan ushbu fuqarolar mamlakatdan deportatsiya qilinishi kutilmoqda.
Qozog‘istonning Atirau viloyatida ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Lada Largus mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 2 nafar yo‘lovchi har xil darajadagi kuyish bilan kasalxonaga yotqizildi.
Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni telefon orqali o‘zini advokat, politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, hisobraqamga pul o‘tkazishni so‘rayotganlardan ogohlantirdi. Konsullik ularga ma’lumot bermaslik va o‘rnatilgan tartibda chaqirilishni talab qilishni tavsiya etdi.
Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida.
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishlari mumkin bo‘lgan 31 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. Bundan tashqari kirib kelganda viza olish kerak bo‘lgan va elektron viza olish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati ham keltirib o‘tildi.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Isroildagi 10,5 mingdan ziyod o‘zbekistonliklarning aksariyati keksa yoshdagilarga xizmat ko‘rsatishini va ular O‘zbekistonga qaytishni xohlamayotganini bildirdi. U fuqarolarning moddiy qiyinchiliklar sabab o‘sha sharoitda qolib ishlashga majbur bo‘layotganini aytdi.
O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy xabar berilmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga safari davomida u yerdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashgandi. Uchrashuvda qatnashgan iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov tadbir tafsilotlarini ma’lum qildi. Davlat rahbari ularni kuzatib borishini ta’kidlagan va ularni “ochiq gapirishga” chaqirgan.
Markaziy bank 2023-yilning I choragi bo‘yicha Aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. O‘rganish respondentlarning ta’lim, uy-joy ta’miri, davolanishga ko‘proq mablag‘ sarflaganini ko‘rsatdi. Kredit oluvchilar biroz kamaygan, maishiy xizmat sohasidagilarning daromadlari bo‘yicha kutilmalar yaxshilangan.
Kuzda Toshkent shahrida “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi va xorijdagi eng faol vatandoshlar taqdirlanadi. Qolaversa, xorijdagi vatandoshlar orasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.
Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijga chiqishda viza talab etilmaydigan va vizasiz belgilangan muddatlarda yurish mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgan edi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmadi. Elchixona ularni qidirmoqda. «Gazeta.uz» bedarak yo‘qolganlardan birining ukasi bilan suhbatlashdi.
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmagan holda bo‘lish muddatini 7 kundan 15 kunga uzaytirish rejalashtirilmoqda. O‘zbekistondagi rossiyaliklar uchun ham xuddi shunday rejim joriy etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik yuk tashuvchi haydovchilarning Mariupol metallurgiya kombinatida ushlab turilgani haqidagi murojaati tarqaldi. O‘zbekiston TIV ular harbiy harakatlar hududidan evakuatsiya qilingani va vatanga qaytayotganini ma’lum qildi.
Polsha orqali yana 254 nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga yetgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq Ukrainadan vatanga qaytarildi. 28 fevraldan beri evakuatsiya qilinganlarning umumiy soni 5634 nafarga yetdi.
Ukrainadan Polsha orqali evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5037 nafarga yetdi. Sumi shahridan 23 nafar talaba evakuatsiya qilingan. TIV evakuatsiya ishlarida asosiy e’tibor urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlarda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqishga qaratilganini ma’lum qildi.
Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 4787 nafarga yetdi. Moldovada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlanganligi aytildi.
6−7 mart kunlari Polshaning Katovitse aeroportidan yana 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Polsha hududida O‘zbekistonning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. 7 mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting