Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ko‘ra, “O‘zbekkino” (Kinematografiya agentligi) kino ishlab chiqarishni to‘xtatsa, sohada siljish bo‘ladi. “„O‘zbekkino“ faqat buyurtmachi bo‘lib, xususiy shirkatlarni rivojlantirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak”, — degan vazir agentlik faoliyati ichidan o‘rganilayotganini aytdi.
Bir yil avval O‘zbekiston madhiyasi muallifi, xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti haqidagi badiiy film premerasi bo‘lib o‘tgan edi. San’atshunos jurnalist Iqbol Qo‘shshayevaning yozishicha, film “o‘zbek kinosi hali ham postkolonial tafakkurdan ozod bo‘lgisi kelmayotganini, bunday istakning o‘zi yo‘qligini ko‘rsatgan”.
Internetda rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan “Hokim buva” mini-serialining namoyishi boshlandi. Komediya janridagi ushbu serial ijtimoiy-siyosiy muammolardan muttasil nolib yuradigan taksi haydovchisining Toshkentga hokim bo‘lib qolishi va bu lavozimdagi sarguzashtlari haqida.
Viloyatlar bo‘ylab harakatlanuvchi «Sinemobil» platformasi tashkil etildi. Samarqand viloyati qishloqlarida mazkur ko‘chma kinoteatrda filmlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda kinemotografiya akademiyasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Akademiya qoshida S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali hamda Toshkent shahrida kino san’atiga ixtisoslashgan o‘rta ta’lim maktabini ham ochish ko‘zda tutilgan.
Ilk bor 1968 yilda tashkil etilgan Toshkent Xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi. Rossiyalik teleboshlovchi va prodyuser Valdis Pelsh va rejissyor Djanik Fayziyev bilan xalqaro memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan nufuzli Oskar mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi tanlandi. 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan uchrashuvda oxirgi yillarda yaratilgan kinolar soni kam bo‘lsa ham, ma’nosi borligini ta’kidladi. U o‘zbek filmlari 100 taligini tuzib, davlat va xususiy telekanallarda namoyish qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Kinorejissyor va «O‘zbekkino» badiiy kengashining a’zosi Rashid Malikov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kino sohasida davlat-xususiy sherikligining roli, kinematografiyaning asosiy muammolari va kutilayotgan islohotlar, o‘zbek kinematografiyasining eng kassabop filmlari, san’at va biznes haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Kinorejissyor va xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Zulfiqor Musoqov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida «O‘zbekkino» rahbariyati bilan yaqinda yuzaga kelgan mojaro, kino sohasidagi muammolar, kinematograflar uchun to‘siqlar, kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati, o‘zining yangi loyihasi va sevimli filmlari haqida gapirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting