“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkorlarga O‘zbekistondan tashqarida konsertlar o‘tkazishdan avval tashkilotni yozma ravishda xabardor qilish shartligini eslatdi. Talablarni buzganlarning litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
Madaniyat vazirligi konsert tashkilotchilariga milliy qadriyat va an’analarga rioya etilishini tekshirish uchun “O‘zbekkonsert"ga batafsil ssenariy taqdim etish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda. Maqsad — sahnadagi “nojoiz xatti-harakatlar"ning oldini olish. Ariza yig‘imi ham joriy etilishi mumkin.
Xonanda Lolani internetda haqoratlashdi — ba’zi foydalanuvchilar uning libosida ko‘krak shakli haddan ortiq sezilib turibdi, demoqda. “Jirkanch narsalarni yozishyapti, haqoratlashyapti, kamsitishyapti”, — dedi u “Gazeta.uz”ga. Qo‘shiqchi “O‘zbekkonsert”dan “suhbat” emas, balki himoya istagandi.
Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidovani uzun kesmali libosda sahnaga chiqqani litsenziya talablarini buzish deb baholangani uchun ogohlantirdi. Tashkilot aktrisaning fotosuratlarida oyoq va ko‘ylakning tepa qismini xiralashtirdi.
Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov 24 fevralda «O‘zbekkonsert»da yig‘ilish o‘tkazdi. U o‘z chiqishida xonandalarning madaniyatsizligi va saviyasiz ijodini tanqid qilgan, Umra ziyoratidan piar yo‘lida foydalanayotgan va farzandini hujraga topshirgan san’atkorlar haqida gapirgan.
Xonanda Kaniza Ahmedova «axloqsiz» videolari uchun litsenziyasidan bir oyga mahrum qilindi. Uning aytishicha, tanqidlarga sabab bo‘lgan videoda qo‘shiqchi «ishtonsiz» bo‘lmagan, balki odamning teri rangidagi shim kiygan. U «O‘zbekkonsert»ni tanqid qilib, madaniyat vazirining «saroyiga» tashrif buyurishini aytgan.
Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» direktori etib tayinlandi.
Jamoliddin Uzakov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasiga rahbar etib tayinlandi. Ushbu lavozimda 2020 yilning noyabr oyidan beri Anvarjon Tojiboyev ishlayotgan edi.
Anvarjon Tojiboyev «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Alisher Jamoliddinov direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting