Prezident Farrux Rustamovni Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (“O‘zkomnazorat”) rahbari etib tayinladi.
Hukumat qarori bilan respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
“O‘zkomnazorat” telefonlarni bepul stansiyalarda quvvatlantirish xavfidan ogohlantirdi. Bunday qurilmalar orqali shaxsiy ma’lumotlardan onlayn hisoblarga kirishda foydalanish yoki uni boshqa hujumchilarga sotish mumkin. Inspeksiya buning oldini olishda qator tavsiyalar berdi.
Deputat Rasul Kusherbayev «O‘zkomnazorat» ga Twitter bloklanishini asoslantirilgan holda tushuntirib berish va tarmoqdan cheklovni olib tashlash choralarini ko‘rish masalasida so‘rov kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi cheklovlarning ijobiy tarafidan salbiy oqibatlari ko‘proq.
Hukumat qarori bilan A’zam Abdullayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. «O‘zkomnazorat»ning avvalgi rahbari ayrim ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan lavozimidan chetlashtirilgan edi.
«O‘zkomnazorat» boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev «noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun» egallab turgan vazifasidan chetlatildi. Ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilishi aytildi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «„O‘zkomnazorat“ tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakati haqida prezident xabar topgani» haqida xabar berdi.
O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga TikTok, Twitter, VKontakte va Skype`dan tashqari Telegram, Facebook, Odnoklassniki, YouTube va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlarning faoliyati cheklangan.
Shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha qonunchilikni buzgan TikTok, Twitter, Skype va «VKontakte» internet platformalari qatoriga Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘i ham qo‘shildi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklangan.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.
O‘zbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish cheklandi. «Gazeta.uz» Twitter va Telegram foydalanuvchilarining ushbu holat yuzasidan bildirgan ayrim fikr-mulohazalarini taqdim etadi.
“Fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning qonuniy talablari” buzilganligi uchun O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi, deya ta’kidlamoqda “O‘zkomnazorat”. Faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar nomi ko‘rsatilmagan, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Twitter, TikTok va VKontakte faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini aytmoqda.
«VKontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlari o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini qonunga zid ravishda qayta ishlamoqda, deya ma’lum qildi «O‘zkomnazorat». Inspeksiya ijtimoiy tarmoqlarga egalik qilayotgan Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 271-moddasi talablariga amal qilish, ya’ni serverlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.
Bosh vazir qabulxonalari kotibiyati mudiri bo‘lib ishlagan G‘olibsher Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting