Noyabrning uchinchi yakshanbasida butun dunyoda yo‘l-transport hodisalari qurbonlari xotirlanadi. Bu yil sana 17-noyabrga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu kuni Superliganing 2024-yilgi ramziy termasini maxsus videorolik bilan e’lon qildi va uni YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi.
“Nasaf” va OKMK futbol klublari 12-noyabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida to‘qnash keladi. Musobaqa tashkilotchisi O‘zPFL final oldidan maxsus videoanons tayyorladi. Ikki jamoa murabbiylari va futbolchilari ishtirokida olingan rolik jamoatchilik tomonidan asosan iliq kutib olindi.
Davlat budjetidan “bir tiyin ham olmaydi"gan O‘zbekiston Professional futbol ligasi daromadi va xarajati haqida ketma-ket ikkinchi yil jamoatchilikka hisobot berdi. O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev uning tashkiloti 2023 yilda bolalar, ayollar va futzal musobaqalarini ortiq o‘tkazmasligini ma’lum qildi.
“Nasaf” uch karra O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylandi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Navbahor” bilan tenglashib oldi. Ushbu jamoalar ayni vaqtda O‘zbekiston Superligasida ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston professional futbol ligasi 2021 yilda 15,7 mlrd so‘m ishlab topgan, musobaqalar o‘tkazish uchun esa 16 mlrd so‘m sarflagan, bu O‘zPFLning OAV oldidagi ilk ochiq moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi. «Avval, jamoalardan pul olmaydigan tashkilotga aylanib olishimiz, undan keyin jamoalarga pul beradigan tashkilotga aylanishimiz kerak», — dedi O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev. Qolaversa, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ochilishi ham qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting