Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreisus o‘tgan haftada COVID-19 tufayli haftalik o‘limlar soni 2020 yil martidan beri eng past ko‘rsatkichga yetganini qayd etdi. U pandemiyaning tugashi yaqin ekanligiga ishontirgan holda, tibbiyot xodimlari va qariyalarni 100% emlashga chaqirdi.
Jahon banki 2021 yil bo‘yicha bergan sharhida, pandemiya fonida kechayotgan global miqyosdagi notekis iqtisodiy tiklanish, vaksinalardan foydalanish imkoniyatining tengsizligi, daromad yo‘qotilishidagi farqlar va ta’limdagi tafovutlarni qayd etib, o‘tgan yilni «tengsizliklar pandemiyasi» deb atadi. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya sabab dunyo miqyosida o‘ta qashshoqlikda kun kechirayotgan aholi soni qariyb 100 millionga yetgan.
JSST rahbari Tedros Gebreisus vaksinatsiya yordamida COVID-19 pandemiyasini yengib o‘tishining uchta asosiy shartini sanab o‘tdi.
1 noyabr holatiga ko‘ra dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 1950 yildan beri urushlarda halok bo‘lganlar soniga teng. COVID-19 testi o‘tkazish imkoniyatining cheklanganligi hamda odamlar uy sharoitida tibbiy yordamsiz halok bo‘layotgani sababli bu raqamlar haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkin.
Senat koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratishni ma’qulladi, biroq ushbu mablag‘ning 800 mlrd so‘mi allaqachon sarflab bo‘lingan. Bu senatorlar va prezident davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlaguncha sodir bo‘ldi. Mazkur holatni budjet qonunchiligi prezident va hukumat qarorlari doirasida jami budjet xarajatlarining ko‘pi bilan 3 foizidan foydalanishga imkon beradi, deya tushuntirdi Moliya vazirligi.
Alisher Qodirov migrantlardan soliq undirish borasidagi taklifi yuzasidan izohlarga munosabat bildirdi. U mamlakat haligacha mehnat resurslarini xorijga eksport qilishga majbur ekanligini ta’kidlab, mehnat migrantlarini bunga tayyorlash kerakligini aytdi. «O‘zbekiston fuqarosi nafaqat o‘zining qorni, balki O‘zbekiston, deb yashashi kerak», — deya ta’kidladi prezidentlikka nomzod.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda pandemiya davrida eng kuchli davlatlar ham qiyin vaziyatga tushib qolganini aytdi. Uning aytishicha, “ko‘p davlatlar „egoist“ bo‘lib ketdi”. “Qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarni kuzatib turibsiz. Afg‘on muammosi bizni jiddiy o‘ylantiradi”, — deydi prezident.
Jahon banki tahlilchilari pul o‘tkazmalari hajmi 19,7 foizga qisqarishini prognoz qilgandi. Shunga qaramay, pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatmadi.
Yevrokomissiya Yevropada koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Yevropadagi bir qator mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq og‘irlashgani sababli jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatildi. Bunday holat yuzasidan Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlari, jumladan Fransiya, Italiya, Germaniya, Sloveniya, Latviya hukumati rasmiylari AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni davom ettirishga majbur ekanliklarini ma’lum qilishdi.
Lukashenkoning Belarus va Rossiyaning birlashishini ma’qullamagani, yil oxirigacha COVID ustidan g‘alaba qozonish bo‘yicha prognozlar haqiqatga mos kelmasligi, Volvo’ning 2030 yilga kelib faqat elektromobil ishlab chiqarishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
JSST ekspertlari Uxanda qariyb bir oy faoliyat ko‘rsatib, Sars-Cov-2 virusining insonga qanday yuqqani bo‘yicha to‘rtta farazni o‘rgandi. Ularning fikricha, virusning laboratoriyada insonga yuqqan bo‘lishi ehtimoli past.
YUNESKOning ma’lum qilishicha, 2020 yilda o‘z vazifasini bajarish davomida 59 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Tashkilot pandemiya boshlanishi bilan jurnalistlarning xavfsizligi borasidagi muammolar ham jiddiylashganini aytmoqda.
AQSHda inqirozni yengillashtrish uchun ko‘plab fuqarolarga 600 dollardan beriladi, pandemiya sababli ishini yo‘qotganlar qo‘shimcha to‘lov oladi.
Disney 2021 yilning birinchi yarmida 32 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, boshqa bo‘limlardan yana 37 ming xodim hozirda majburiy ta’tiliga yuborilgan.
Shvetsiyaning keksalar uchun karantinni bekor qilishi, Tesla kompaniyasining yangi rekordi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Pandemiya davrida tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov bekor qilindi. Xodimlarga pul mablag‘lari bank kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Toshkentda 14 sentyadrdan o‘z faoliyatini boshlagan 139 ta maktabning 2 tasida darslar koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar to‘xtatildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari pandemiya munosabati bilan maktablarda o‘quv jarayoni qanday tashkil etilishi mumkinligini so‘zlab berdi. Dars davomiyligini qisqartirish, ta’limni 2−3 smenali tashkil etish, qo‘llarni yuvish uchun sharoitlar yaratish va uch nafardan ortiq o‘quvchida koronavirus aniqlangan sinflarni onlaynga o‘tkazish taklif qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, davlat rahbari aholi karantin qoidalariga amal qilmasa, karantin cheklovlari qaytadan tatbiq etilishini ta’kidladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya davrida mayyitni, xususan koronavirusdan vafot etgan marhumlarni yuvish, kafanlash va dafn etish marosimlari qanday o‘tkazilishi borasida tushuntirish berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting