O‘zbekiston prezidenti va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni rasmiy Toshkentga berish haqidagi xalqaro shartnomani tasdiqladi. Unga ko‘ra, uchta bank va mexanika zavodi rekonstruksiyani yakunlashi va u yerda mehmonxona komplekslarini tashkil etishi kerak bo‘lgan mulk huquqini oladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Issiqko‘ldagi pansionatlarni milliylashtirish evaziga O‘zbekistonga 40 mln dollar tovon puli to‘lay olmasligini, shu bois tomonlar uni ijaraga berishga kelishib olganini aytdi. “Yaqin 15−20 yil ichida ularni modernizatsiya qilishga sarmoya kirita olmaymiz”, — dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Saxovat» hamda «Muruvvat» internat-uylarida sharoitni yaxshilash, xodimlarning oylik ish haqlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Nuroniylarning holidan xabar olib turish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalar, maktablar biriktirilishi mumkin. SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligini Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting