«parij-2024» tegli maqolalar


Paralimpiada 2024: Server Ibragimov o‘q otish bo‘yicha kumush medal oldi
4 sentabr 2024, 16:16

Paralimpiada 2024: Server Ibragimov o‘q otish bo‘yicha kumush medal oldi

Paralimpiyachi Server Ibragimov 50 metrga to‘pponchadan otish bahslarida kumush medali sohibiga aylandi. U Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritgandi.

Foto: Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi
29 avgust 2024, 11:25

Foto: Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Fotojurnalist Husniddin Ato jarayondan olingan suratlarni “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi.

Prezident Olimpiada sovrindorlarini mukofotladi
23 avgust 2024, 12:07

Prezident Olimpiada sovrindorlarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.

Olimpiadachi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi
14 avgust 2024, 13:04

Olimpiadachi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi

Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan bokschi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi. Hokimlikning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, xonadon tadbirkor tomonidan berilgan. Sportchi jinsi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan tayvanlik bokschi Lin Yu Ting bilan jang qilib, yutqazgandi.

Pul, mashina va uy-joy. Olimpiada sovrindorlariga nimalar berildi?
13 avgust 2024, 10:17

Pul, mashina va uy-joy. Olimpiada sovrindorlariga nimalar berildi?

Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga 50 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pul mukofotlari, Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari, shuningdek, ikki qavatli kottejlar va kvartiralar berildi. “Prezident sovg‘asi” deb yozilgan mukofotlarni bosh vazir va Senat raisi topshirdi.

Toshkentda tantanali kutib olingan olimpiyadachilar — suratlarda
13 avgust 2024, 09:30

Toshkentda tantanali kutib olingan olimpiyadachilar — suratlarda

Parij Olimpiadasidan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilarni tantanali kutib olish jarayonlari “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportajida.

“U o‘zini yaxshi his qilmoqda”. O‘zbekiston boks federatsiyasi — To‘lqin Qilichev haqida
11 avgust 2024, 17:26

“U o‘zini yaxshi his qilmoqda”. O‘zbekiston boks federatsiyasi — To‘lqin Qilichev haqida

O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh murabbiy To‘lqin Qilichevning yurak xurujidan keyingi holatiga izoh berdi. “Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi”, — deya qayd etdi tashkilot.

Parij-2024: Taekvondo ustasi Svetlana Osipova Olimpiada sovrindori bo‘ldi
11 avgust 2024, 01:35

Parij-2024: Taekvondo ustasi Svetlana Osipova Olimpiada sovrindori bo‘ldi

Parij Olimpiadasida taekvondochi Svetlana Osipova finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiadada sovrindor bo‘lgan ilk ayol taekvondochiga aylandi.

Parij-2024: Bokschi Abdumalik Xalokov qirg‘izistonlik raqibini yengib, Olimpiada chempioni bo‘ldi
11 avgust 2024, 01:10

Parij-2024: Bokschi Abdumalik Xalokov qirg‘izistonlik raqibini yengib, Olimpiada chempioni bo‘ldi

Olimpiada finalida qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek o‘g‘liga qarshi jang qilgan bokschi Abdumalik Xalokov raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. U terma jamoaga 7-oltin medalni keltirdi.

Bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi
10 avgust 2024, 02:05

Bokschi Lazizbek Mullojonov Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda kelib chiqishi kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Beshinchi “oltin” O‘zbekiston uchun barcha Olimpiadalar rekordi bo‘ldi. Jamoa medallar jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova jangning so‘nggi soniyalarida Olimpiada bronza medalini qo‘ldan boy berdi
10 avgust 2024, 01:07

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova jangning so‘nggi soniyalarida Olimpiada bronza medalini qo‘ldan boy berdi

O‘zbekistonlik 21 yoshli taekvondochi Ozoda Sobirjonova Olimpiada bronza medali uchun kechgan bahsda so‘nggi uch soniyagacha oldinda borganiga qaramay, yakunda belgiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Olimpiya chempioni (video)
10 avgust 2024, 00:57

Bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Olimpiya chempioni (video)

O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi
9 avgust 2024, 23:23

Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqdi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi
9 avgust 2024, 21:17

Prezident telefon orqali Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatovni Olimpiadadagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.

“Qo‘llovingiz maksimal darajada sezildi”. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov — O‘zbekiston xalqiga
9 avgust 2024, 02:33

“Qo‘llovingiz maksimal darajada sezildi”. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov — O‘zbekiston xalqiga

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov o‘zbekistonliklarga ko‘rsatayotgan qo‘llovi uchun minnatdorchilik bildirdi. “Mamlakatimizda tug‘ilganimdan nihoyatda xursandman va nihoyatda faxrlanaman. Butun xalqimizga aytmoqchimanki, qo‘llab-quvvatlovingiz maksimal darajada sezildi”, — dedi u.

Bokschi Hasanboy Do‘smatov — ikki karra Olimpiada chempioni (video)
9 avgust 2024, 02:15

Bokschi Hasanboy Do‘smatov — ikki karra Olimpiada chempioni (video)

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov Olimpiadaning final jangida fransiyalik raqibini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiya o‘yinlarida ikkita oltin medalga ega chiqqan birinchi bokschi bo‘ldi.

Bokschi Abdumalik Xalokov Olimpiada finaliga chiqdi
9 avgust 2024, 01:15

Bokschi Abdumalik Xalokov Olimpiada finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalokov Parijdagi Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va “oltin” uchun jang qiladigan beshinchi bokschiga aylandi. Finalda unga o‘zbekistonlik boks murabbiyi yordam bergan qirg‘izistonlik sportchi raqib bo‘ladi.

Tarixiy natija. Ulug‘bek Rashitov — taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni
9 avgust 2024, 00:49

Tarixiy natija. Ulug‘bek Rashitov — taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni

Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixidagi ilk ikki karra Olimpiya chempioni bo‘ldi.

Parij-2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi (video, foto)
8 avgust 2024, 21:11

Parij-2024. Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Olimpiada finaliga chiqdi (video, foto)

O‘zbekiston tarixidagi eng yosh Olimpiya chempioni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitov o‘z faoliyatida ikkinchi bor Olimpiada o‘yinlari finaliga chiqdi va O‘zbekistonga medalni kafolatladi.

Bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga chiqdi
8 avgust 2024, 01:45

Bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Parij Olimpiadasi finaliga yo‘l oldi. U Olimpiada o‘yinlarida “oltin” uchun jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘lmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting