Yakshanba kuni o‘tayotgan deputatlik saylovlarida O‘zbekistondagi 5 ta siyosiy partiya rahbarlari ham poytaxdagi turli saylov uchastkalariga borib ovoz berdi (foto).
“Adolat” SDP o‘z saylovoldi dasturiga hokimlarga ishonchsizlik votumi joriy etish, qayta taqsimlash orqali aholi daromadlarini tenglashtirish, bog‘ va oromgohlar sotuvini taqiqlash kabi masalalarni kiritdi. Sinfdagi o‘quvchilar sonini optimallashtirish, antiekologik korxonalarni jazolash ham taklif qilinmoqda.
O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulovning aytishicha, partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo unchalik ko‘p emas. «Agar har 5 yoki 10 ming kishi partiya ochaversa, ular soni qancha bo‘ladi?» — dedi u. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov esa vazirning pozitsiyasini «to‘liq avtoritar» deb atadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting