Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat sabab “xavfsizlikni ta’minlash maqsadida” parvozlarni Iroq va Eron havo hududlarini aylanib o‘tgan holda amalga oshiradi.
Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 17-avgustdan Dehli va Toshkent o‘rtasidagi parvozlar sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshiradi.
Uzbekistan Airways bu yil o‘zining 30 yilligini nishonlamoqda. Har yili aviakompaniya xizmatlaridan 2 mlndan ortiq kishi foydalanadi, samolyotlar esa dunyoning 50 dan ortiq shaharlariga parvoz qiladi. Uchuvchilar va bort kuzatuvchilari «Gazeta.uz»ga osmonda ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berdi.
Rossiyaning Smartavia va iFly aviakompaniyalari O‘zbekiston shaharlariga parvozlar to‘xtatilganini ma’lum qildi. Jumladan, iFly 5 martdan boshlab kompaniya mamlakatga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha barcha rejali reyslarni noma’lum muddatga to‘xtatadi. Bekor bo‘lgan reyslarda uchishni rejalashtirganlarga chipta xarid qilgan aviakassalariga murojaat qilishlari tavsiya etildi.
O‘zbekiston Rossiya bilan muntazam parvozlarni tiklash uchun Rossiya Federatsiyasining maxsus komissiyasiga murojaat xati yubordi. Parvozlar aprel-may oylarida tiklanishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting