O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish taklif etilmoqda. Ularning kasbiy so‘nishi va stresslarning oldini olish uchun simulyator va keyslar yaratish ham rejalashtirilmoqda.
Pedagoglar kasbiy sertifikat nazorat sinovida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ldi. Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.
O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston hukumati o‘qituvchilarning uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi. Ilgari ular mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar tufayli ta’til to‘lovi miqdori kamaytirilganidan shikoyat qilgandi. O‘qituvchilarning kalendar kunlar hisobi bo‘yicha ta’til muddati uzaydi.
Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, o‘qituvchilarning lavozim maoshlari o‘rtacha 20 foizga oshishi, fidoiy, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan qonun loyihasida dastlabki taqdim etilgan loyihadagi bir qancha imtiyozlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim deputatlar loyiha haqida e’tirozlarini bildirdi.
Prezident o‘qituvchilarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni belgilovchi va mehnatga noqonuniy aralashganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. «Endi siz qonun himoyasidasiz», — deydi prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting