«pensiya» tegli maqolalar


I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi
27 oktabr 2022, 15:13

I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi

Prezident imzolagan yangi qonun bilan endi I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan tibbiy xodimlari belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

350 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi oshiriladi
20 sentabr 2022, 10:57

350 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi oshiriladi

1 yanvardan boshlab pensiyani hisoblash uchun foydalaniladigan maksimal o‘rtacha oylik ish haqi miqdori oshiriladi. Jami 352 ming fuqaroning pensiya miqdori qayta hisoblab chiqiladi.

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdori oshirilishi kutilmoqda
28 iyun 2022, 10:00

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdori oshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda pensiyani hisoblash miqdorini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, hozirgacha 3,7 mln so‘m oylik olgan fuqaroga pensiya tayinlashda inobatga olingan 3,2 mln so‘mni — 3,8 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. «Bu pensiya miqdori sezilarli oshishini ta’minlaydi», — deb hisoblaydi Pensiya jamg‘armasi.

Qashqadaryoda sayyor kassa xodimlari 100,5 mln so‘mlik pensiya va nafaqani o‘zlashtirdi
13 iyun 2022, 17:09

Qashqadaryoda sayyor kassa xodimlari 100,5 mln so‘mlik pensiya va nafaqani o‘zlashtirdi

Shahrisabz tumanida sayyor kassaning buxgalter-nazoratchisi va kassiri 150 nafar fuqaroning mart, aprel va may oylari uchun pensiya va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi. Ular tekshiruv vaqtida 100,5 mln so‘mlik zararni to‘liq qoplagan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Moliya vazirligi: Pensiya oluvchilarning 96 foiziga kartalariga bir martalik yordam puli yuklab berilgan
28 may 2022, 22:43

Moliya vazirligi: Pensiya oluvchilarning 96 foiziga kartalariga bir martalik yordam puli yuklab berilgan

Moliya vazirligi pensiya va nafaqa oluvchilarning 96 foizi allaqachon kartalariga bir martalik moddiy yordam olganini ma’lum qildi. Pensiyani naqd pulda oladiganlar uchun yordam puli 8 iyunga qadar sayyor kassalar orqali beriladi.

O‘zbekistonda bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori e’lon qilindi
26 oktabr 2021, 19:42

O‘zbekistonda bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori e’lon qilindi

sentabrda respublika bo‘yicha bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 924 780 so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha pensiyaning eng yuqori miqdori Toshkent shahrida (1 250 992 so‘m) va eng kam miqdori Andijon viloyatida (801 640 so‘m) qayd etilgan. 2016−2021 yillarda pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshdi.

1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi
4 iyun 2021, 20:11

1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 1 iyulidan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oshiriladi. Shuningdek, ijtimoiy nafaqalar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etiladi.

Pensiya va nafaqalarni tarqatish huquqi turli banklarga beriladi
5 may 2021, 09:27

Pensiya va nafaqalarni tarqatish huquqi turli banklarga beriladi

Keyingi yildan boshlab pensiya va nafaqalarni tarqatadigan banklar tender orqali tanlanadi. Ular pensiyalarni naqd pulda berishlari kerak bo‘ladi. Pensiyalarni tayinlash uchun faqat pasport (ID-karta) talab qilinadi.

Ayrim pensionerlarning oylik pensiyasi 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi
26 mart 2021, 14:27

Ayrim pensionerlarning oylik pensiyasi 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi

Prezident farmoni bilan «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshirilmoqda. Bundan tashqari, «Saxovat» va «Muruvvat» uylari rahbar xodimlarining oylik maoshlari 1,2 baravardan 2 baravargacha oshiriladi.

Toshkentda pensiya pullarini «yeb ketgan» «Xalq banki» kassiriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 fevral 2021, 16:40

Toshkentda pensiya pullarini «yeb ketgan» «Xalq banki» kassiriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mirzo Ulug‘bek tumani «Xalq banki» filiali sayyor kassa hisobchisi 170 mln so‘m miqdoridagi pensiya va nafaqalarni talon-taroj qilganligi aniqlandi. Bank hodimi ushbu pullarni o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon tarqatmasdan, o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Ishlamaydigan fuqarolar pensiya olishlari mumkin bo‘ladi
18 yanvar 2021, 16:46

Ishlamaydigan fuqarolar pensiya olishlari mumkin bo‘ladi

1 iyuldan boshlab ishlamaydigan fuqarolar pensiyaga chiqishlari uchun, ularning turmush o‘rtoqlari har oyda o‘z daromadidan ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin bo‘ladi. 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday qo‘shimcha hujjatlar so‘ralmasdan hisoblanadi.

O‘zbekistonda 800 nafarga yaqin 100 yoshdan oshgan fuqarolar bor
12 oktabr 2020, 13:30

O‘zbekistonda 800 nafarga yaqin 100 yoshdan oshgan fuqarolar bor

1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 794 nafar 100 yoshga to‘lgan va 100 yoshdan oshgan fuqarolar pensiya va nafaqa olishadi. Bir asrdan ziyod umr ko‘rganlarning 131 nafari erkak, 663 nafari ayollardir. Ularning eng ko‘pi — 143 nafari Qashqadaryo viloyatida yashaydi.

Pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda
30 iyul 2020, 15:32

Pensiya va nafaqalar 10 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda

1 sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolaga qarash uchun nafaqa oluvchilar sonini oshirish ko‘zlanmoqda. Bu to‘g‘risidagi farmon yaqin orada imzolanishi rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting