Forish tumanidagi qishloqlardan birida bolalar bog‘chasi mudirasi mahalladoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Tarmoqlarda Xonobod shahar hokimligi xodimi pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, jabrlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi. Pichoqlangan fuqaro tirik qolgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangan.
Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish joyida ishlovchi ayol o‘zaro janjal oqibatida mast holatdagi hamkasbini pichoqlab, o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.
Aprelda iftorlik vaqtida Madaniyat vazirligi xodimlari o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgandi. O‘shanda ulardan biri oshxona pichog‘i bilan hamkasbini jarohatlab qo‘ygandi. Sud ayblanuvchini 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Magic City ma’muriyati bog‘ hududida pichoqbozlik sodir bo‘lganini inkor qildi. Milliy gvardiya esa o‘z xabarini yangiladi.
Samarqand viloyatida elektr ta’minoti korxonasi rahbari elektrdan 57 mln so‘m qarzi bor MCHJ egasi tomonidan pichoqlandi. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli qoniqarli, gumondor esa qamoqqa olingan.
Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasida telefon savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi vafot etdi, yana bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentdagi «Malika» bozorida ro‘y bergan janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi. Bir kishi o‘rtacha og‘irlikda jarohat oldi. Huquqbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Gorod Night Club tungi klubida yuzaga kelgan janjalda bir kishi to‘rt kishini pichoqladi. Ularning ikki nafari halok bo‘ldi, ikki nafari esa shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting