O‘zbekistonda havoning keskin sovishi janubiy hududlarda yig‘ib olinadigan erta piyoz hosili, shuningdek, karam va sabzilarning hosiliga ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlamoqda EastFruit ekspertlari. Bundan tashqari, donli mevalar va yong‘oqlar hosilining bir qismi ham xavf ostida qolishi ehtimoli bor.
Ichki bozorga yetkazib berish hajmi keskin oshgani sababli O‘zbekistonda yangi piyoz narxi 2 baravarga pasaydi, bu 2022-yilgi narxlar bilan teng degani. O‘tgan yilgi hosil piyozi narxi esa 17 foizga tushgan, lekin bir yil oldingi narxdan 1,5 marta yuqori, deb yozmoqda EastFruit portali.
Qirg‘iziston hukumati piyoz va sarimsoq eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qildi. Cheklovlar kutilgan uch oy o‘rniga bir oydan sal ko‘proq vaqt davomida amal qildi.
Ochiq rastalarda saqlanayotgan piyoz muzlab qolgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi narx oshishiga yonilg‘i yetishmasligi sababli yetkazib berishdagi uzilishlar ham ta’sir ko‘rsatganini bildirdi. Vazirlikka ko‘ra, mamlakatda piyoz zaxirasi mavjud va mahsulotni chetga sotish 4 oyga to‘xtatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting