O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etildi. Avval ular Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida bo‘lgan.
PMTI tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 41 foizi chuqur kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi. Ekspertlar sanitariyaga zid bunday hojatxonalarni ventilyatsiya qilinadigan va plitalar bilan qoplangan holga keltirishni tavsiya etdi. Bunda tashviqot emas, moliyaviy yordam samara berishi bildirildi.
PMTI o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, yosh oilalar daromadining ko‘proq qismini qarz to‘lashga sarflayotganini ma’lum qilgan. O‘zbekistonda insonlarning daromadlari 30 yoshgacha tez o‘sishi, eng yuqori nuqtasi taxminan 30−50 yosh oralig‘ida saqlanib turishi va 60 yoshdan so‘ng keskin pasayishi aniqlangan.
PMTI ekspertlari Toshkent shahri aholisining yo‘llardagi tirbandlikka munosabatini o‘rgandi. Respondentlarning aksariyati tartibsiz haydovchilar, qoidabuzarliklar va noto‘g‘ri parkovkani asosiy sabablar deb biladi. Tirbandliklardan ko‘proq avtobus va mikroavtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda.
«O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15% dan 12% ga tushirilishi narxlarning tegishli ravishda tushishiga olib kelmagan», — demoqda PMTI ekspertlari. Bunga yashirin iqtisodiyot ulushi kattaligi, raqobat shakllanib ulgurmagani va boshqa omillar sabab sifatida keltirildi.
2017−2022 yillarda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasi o‘sdi. 2022 yilda transportda 6,1 mlrd kishi tashildi. Bunda avtomobillar ulushi yuqori bo‘ldi. Endilikda jamoat transporti qamrovini 95% ga yetkazish rejalashtirilmoqda.
PMTI ekspertlari OTMlar joylashuvining shaharlar holati va tirbandlik muammosiga ta’sirini o‘rgandi. So‘rovda ishtirok etgan talabalarning 78 foizi tirbandlikni asosiy muammolardan biri deb baholagan. Biroq ularning o‘qish davridagi faolligi tirband yo‘llar uzunligi 11,3 kmgacha oshishiga sabab bo‘ladi.
PMTI prognozlariga ko‘ra, 2035 yilda O‘zbekiston aholisi 45,6 mln kishidan oshadi. Ushbu davrgacha aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi esa har yili 5−5,3 foizga oshishi kutilmoqda. Mutaxassislar milliy energetika tizimini tezroq yadro, vodorod va «yashil» texnologiyalarga integratsiyalashni taklif etmoqda.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan Rossiya-Ukraina mojarosining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganildi.
PMTI mutaxassislarining fikricha, o‘zbek ayollaridagi iqtisodiy faollikning pastligi uy-ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lishga bog‘liq. Qolaversa, ishlaydigan ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 39% kam maosh oladi va ular 30 yoshda martabaga erisha boshlaydi.
Bo‘sh ish o‘rinlarining 28% ida ijtimoiy ko‘nikmalar, ya’ni jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, yaxshi nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlari talab etiladi, deydi PMTI ekspertlari. Shuningdek, vakansiyalarning 18,3% ida chet tillarini (asosan ingliz tilini) bilish talabi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston 2022 yilda Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi. Indeks mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi kabi masalalar asosida tuzilgan.
PMTI mutaxassislari piyodalar kiyimining rangi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda qanday ahamiyatga ega ekanini tahlil qildi. Unga ko‘ra, yorqin rangdagi kiyimlar va yorug‘likni qaytaruvchi elementlar 130 metr uzoqlikdan ko‘ringani bois avtomobillarning o‘z vaqtida to‘xtashiga imkon beradi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari O‘zbekiston hududlari bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining reytingini tuzdi. Kuchli uchlikka Toshkent shahri, Navoiy va Buxoro viloyatlari kirdi. Indeks 2015—2021 yillar uchun hisoblangan.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliga ko‘ra, aholi daromadlari dinamikasi benzin, propan, go‘sht kabi mahsulotlar narxiga nisbatan sekin o‘sganligi qayd etildi.
May oyidan beri Toshkentdagi birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi arzonlashib bormoqda, deb ma’lum qildi Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. Xususan, birlamchi bozorda 1 kv.m uchun may oyidagi $943,6 narx iyulda $919,9 ga, ikkilamchi bozorda esa $891,1 dan $882,6 gacha tushgan.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahlili shuni ko‘rsatdiki, keng polosali internetni rivojlantirish va asosiy uyali aloqa stansiyalari qurilishi ishsizlikni kamaytirishga yordam beradi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ta’lim darajasiga qarab ish haqi o‘sishini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ish haqidagi ustama fan doktori (DSc) ilmiy unvoni uchun 61% dan, PhD yoki fan nomzodi uchun 41% dan yuqori ekanligi, shu bilan birga bakalavr bosqichining imtiyozli diplomiga ega xodimlar mehnat bozorida oddiy diplom sohiblariga qaraganda 8,5% ko‘proq maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting