Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev vafot etdi. Daryo nashrining manbasiga ko‘ra, hokim pnevmoniya kasalligi asoratlari va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan olamdan o‘tgan.
Epidemiolog Rustam Ikromov sentyabr oyida aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi. U aralash infeksiya xavfi haqida ogohlantirgan.
Aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash maqsadida chet eldan vaksinalar olib kelinadi va joylarda emlash punktlari tashkil qilinadi. Emlash ishlari sentyabr oyidan boshlanishi kutilmoqda.
Koronavirusli pnevmoniya oddiy pnevmoniyadan qanday farq qiladi, u qanday davolanadi, kompyuter tomografisining ahamiyati nimada, nafas olish bo‘yicha qanday mashqlar qilish mumkin? Anhor.uz nashrining koronavirus bemorlarini davolovchi ftiziatr Nadejda Shklovets bilan intervyusini taqdim etamiz.
Koronavirusga qarshi kurashayotgan bemorlarning 172 nafarida pnevmoniya jarayoni kuzatilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bemorlarning 285 nafarining ahvoli o‘rta og‘ir, 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting