Asli jarqo‘rg‘onlik Ro‘zixon Ochilov hayotini pochtaga bag‘ishlagan. 58 yoshli pochtachi har kuni 100 chaqirimdan ortiq masofa bosib, cho‘ldagi shahar aholisiga davriy nashrlar, xatlar va jo‘natmalarni yetkazadi. “Gazeta.uz” eng ko‘hna kasblardan birining quvonchlari, qiyinchiliklari va taqdiri haqida hikoya qiladi.
“Gazeta.uz” yangi — “Professional” loyihasini boshladi. Bunda ba’zan e’tibor berilmaydigan, lekin zahmati va mas’uliyati boshqalarniki bilan baravar kasb egalarining faoliyati haqida batafsil hikoya qilinadi. Ilk mehmon — el orasida pochtachi sifatida tanilgan Ikromovlar oilasi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting