«pora olish» tegli maqolalar


Pop tumani FVB boshlig‘i 160 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi
10 yanvar 2025, 11:08

Pop tumani FVB boshlig‘i 160 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi

Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 160 ming dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlandi. U 2 gektar yerni xaridor nomiga o‘tkazib, u yerda kottej qurish uchun ruxsatnoma olib berishini aytgan.

Sirdaryoda 400 dollar pora olgan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
14 noyabr 2024, 12:09

Sirdaryoda 400 dollar pora olgan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryo viloyatida YTH sodir etgan haydovchiga dastlabki tekshiruv materiallarini uning foydasiga hal qilish va avtomobilni jarima maydonchadan qaytarib olishga ko‘maklashishni aytib, 400 dollar so‘ragan YHXB katta inspektori 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Samarqandda Qurolli Kuchlar xizmatchisi, soliq va kadastr xodimlari pora bilan ushlangani aytilmoqda
10 noyabr 2024, 11:27

Samarqandda Qurolli Kuchlar xizmatchisi, soliq va kadastr xodimlari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Samarqandda Qurolli Kuchlar xizmatchisi va yordamchisi fuqarodan soxta harbiy guvohnoma uchun 600 dollar olayotganida qo‘lga tushdi. Narpay tumanida kadastr xodimi 700 dollar, Kattaqo‘rg‘on tumanida esa soliq inspektori 11,5 mln so‘m olmoqchi bo‘lganida ushlandi.

4 ta viloyatda jazoni yengillashtirish uchun pora olgan advokatlar ushlandi
5 noyabr 2024, 01:14

4 ta viloyatda jazoni yengillashtirish uchun pora olgan advokatlar ushlandi

O‘zbekistonning 4 ta hududida jinoyat ishidagi ayblanuvchilarga mansabdor tanishlari orqali qamoqdan ozod qilish, yengilroq jazo tayinlashda yordam berishini aytib pora olgan advokatlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentda prokuratura tergovchisi jinoyat ishini hal qilib berish uchun 40 ming dollar pora olib, qochib ketdi
10 oktabr 2024, 01:17

Toshkentda prokuratura tergovchisi jinoyat ishini hal qilib berish uchun 40 ming dollar pora olib, qochib ketdi

Toshkent shahrida prokuratura katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi. U fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish evaziga 40 ming dollar olib, qochib ketgan.

Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilari pora bilan ushlandi
20 avgust 2024, 18:59

Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilari pora bilan ushlandi

O‘rta Chirchiq va G‘allaorol tumanlaridagi mahallalarda hokim yordamchisi bo‘lib ishlovchi ikki nafar shaxs pora bilan ushlandi. Biri ijaraga yer olib berish uchun fuqarodan 15 ming dollar so‘ragan, boshqasi — shifoxonaga ishga kiritib qo‘yish uchun 1200 dollar. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

90 ming dollar pora bilan ushlangan Kogon tumani prokurori 15 yilga qamaldi
7 avgust 2024, 12:42

90 ming dollar pora bilan ushlangan Kogon tumani prokurori 15 yilga qamaldi

Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 200 ming dollar pora talab qilib, 90 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgandi. Sud hukmi bilan unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning sheriklari ham uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Samarqandda kadastr xodimi fuqarodan 1,5 ming dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda
4 avgust 2024, 16:08

Samarqandda kadastr xodimi fuqarodan 1,5 ming dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda

Kadastr palatasining Pastdarg‘om tumani filiali xodimi 1,5 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. U fuqaroga yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytgan.

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi 7 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
25 iyul 2024, 12:12

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi 7 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi tadbirkordan 14 ming dollar so‘rab, undan 7 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda.

UrDU dekani pora bilan ushlandi
11 iyul 2024, 18:51

UrDU dekani pora bilan ushlandi

Urganch davlat universiteti dekani abituriyentni ijodiy imtihondan o‘tkazib qo‘yish uchun taxminan 35 mln so‘m olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi pora olishda gumonlanmoqda
10 iyul 2024, 09:22

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi pora olishda gumonlanmoqda

“O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi 8,5 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U tadbirkorga sexni gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berishini va elektron hisoblagich o‘rnatib berishini aytgan.

Guliston shahri ETK boshlig‘i pora olishda gumonlanmoqda
2 iyul 2024, 12:28

Guliston shahri ETK boshlig‘i pora olishda gumonlanmoqda

Guliston shahri elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i 90 mln so‘m pora olishda gumonlanmoqda. U tadbirkorning elektr ta’minotidagi 200 mln so‘mdan ortiq qarzdorligini kamaytirib berishni va’da qilgan.

Uchta tuman hokimi o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi
2 iyul 2024, 09:53

Uchta tuman hokimi o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanib ushlandi

DXX Taxiatosh, Bo‘ston va Bo‘ka tumanlari hokimlari o‘rinbosarlarini pora olishda gumonlab qo‘lga oldi. Xususan, Taxiatosh hokimi o‘rinbosari fuqaroga hokimlik balansidagi buzilishga tushgan uyni fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga 35 mln so‘m talab qilgan.

Surxondaryoda katta prokuror 10 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda
1 iyul 2024, 12:49

Surxondaryoda katta prokuror 10 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda

Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori 10 ming dollar pora olgani aytilmoqda. U tadbirkorga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish masalalarida ko‘maklashishini bildirgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.

Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
20 iyun 2024, 17:39

Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari 25 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlarini aniqladi. Xususan, bir holatda Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi.

DXX to‘rtta hududda pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlarini ushladi
7 iyun 2024, 10:59

DXX to‘rtta hududda pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlarini ushladi

Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlari qo‘lga olindi. Ular bir holatda tekshiruv o‘tkazmaslik uchun 2300 dollar, yana birida foyda solig‘ini kamaytirib berish evaziga 5 ming dollar olayotgan paytda ushlangan.

“Chilonzortumangaz” xodimlari pora olganlikda gumonlanmoqda
6 iyun 2024, 15:57

“Chilonzortumangaz” xodimlari pora olganlikda gumonlanmoqda

Toshkentda “Chilonzortumangaz” xodimi va yetakchi muhandisi 25 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Ular tadbirkorga gaz uchun to‘lovda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan.

Sirdaryoda Xovos tumani hokimi o‘rinbosari korrupsiyada aylanib, qo‘lga olindi
23 may 2024, 11:48

Sirdaryoda Xovos tumani hokimi o‘rinbosari korrupsiyada aylanib, qo‘lga olindi

DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda.

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi
25 aprel 2024, 11:35

DXX pora olishda gumonlangan advokat, soliq va MIB xodimlarini ushladi

DXX Jizzax shahrida sudlanuvchiga yengil jazo tayinlatib berish uchun 10 ming dollar olishda gumonlangan advokatni ushladi. Uchqo‘rg‘on tumanida kompaniyaga jinoiy ish ochilmasligiga yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilgan MIB xodimlari qo‘lga olindi.

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
17 aprel 2024, 03:20

Qashqadaryoda prokuratura tergovchisi 5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi imtiyozli kredit maqsadli yo‘naltirilmagani yuzasidan fuqaroga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi. Unga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting