G‘ijduvon tumanidagi aholi xonadonlaridan birida gaz portladi. Hodisa gaz sizib chiqib to‘planishi va chiroq yoqilishi oqibatida kelib chiqqan. FVBga ko‘ra, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
17-dekabrda Farg‘onadagi AYQShda portlash bo‘ldi. Hodisa oqibatida rasman 4 kishi vafot etgan. “Gazeta.uz” muxbirlari 20-dekabr kuni Farg‘onada bo‘lib qaytdi, ammo safar qariyb besamar o‘tdi: hodisa haqida deyarli hech kim gapirishni istamadi, gapirganlar esa keyinroq intervyusi chiqarilmasligini so‘radi.
Farg‘onada zapravkadagi portlash oqibatida shifoxonaga yotqizilgan bemorlardan 3 nafari vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, 5 kishi qamoqqa olindi. Avvalroq hodisa sabab bir kishi vafot etgani va to‘rt kishi jarohatlangani xabar qilingandi.
Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida kvartiralardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura gaz ta’minoti bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Rishton tumanidagi bozor oldida to‘xtab turgan Lacetti mashinasining gaz balloni portladi. FVB atrofdagi bir necha kishi jarohat olgani, IIB esa bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Muborak tumanida Isuzu avtobusining gaz balloni portlab, 4 kishi o‘rta og‘ir darajada jarohat oldi. Hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
“Gazeta.uz” Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlashdan jabrlanganlar bilan suhbatlashdi. Guvohlar portlash zarbasi ularni qanday orqaga uloqtirib yuborganini so‘zlab berishdi va uyidagi vayronalarni ko‘rsatishdi. Portlash sababi esa hanuz noma’lumligicha qolmoqda.
“Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov boshchilik qiladi.
“Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida shikastlangan uylar egalariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi. “2−3 kun ichida bu muammolarni hal qilamiz”, — dedi voqea joyiga yetib kelgan poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.
Tunda Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada kuchli portlashdan so‘ng yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. Tarmoqlardagi videolarda uy va boshqa obyektlarga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin. Yong‘in qurshab olingan, uni o‘chirish ishlari davom etmoqda (foto, video).
14-avgust kuni Dog‘istondagi yonilg‘i quyish shoxobchasi portlab, o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi. Respublika rahbari ularning 4 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini bildirib, vafot etganlarning oilalariga 1 mln rubldan yordam ko‘rsatilishini qo‘shimcha qildi.
Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a shahrida yonilg‘i quyish shoxobchasi portlab, 35 kishi halok bo‘ldi, 75 kishi jarohatlandi. Portlashga shoxobcha yonidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish markazida yuz bergan yong‘in sabab bo‘lgan. 15-avgust respublikada motam kuni deb e’lon qilindi.
Pokistonning Bajaur tumanida siyosiy partiya yig‘ilishida xudkush portlash uyushtirdi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 44 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohat olgan. O‘zbekiston TIV qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi va unda harakatlanish vaqtincha to‘xtatildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, bir nafar bola yaralangan.
Parij markazidagi turar joy binosida gaz portlashi oqibatida kamida 37 kishi jarohatlandi, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.
Kitob tumanida qo‘lbola usulda yasalgan gazli suv tayyorlovchi apparat portlashi oqibatida ikki kishi jarohatlandi, ulardan biri shifoxonada vafot etdi.
Chilonzordagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida portlash va yong‘in ro‘y berib, 1 kishi halok bo‘lgani aniqlandi. 16 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Dastlab 6 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.
Chilonzor tumanidagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida portlash ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Paxtachi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa tufayli, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta Isuzu yonib zararlandi, 1 kishi jarohat oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting