«poyezd» tegli maqolalar


Surxondaryoda poyezd “Jiguli”ni urib ketdi
21 iyun 2023, 15:13

Surxondaryoda poyezd “Jiguli”ni urib ketdi

Termiz-Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd qo‘riqlanmaydigan kesishmadan o‘tayotgan “Jiguli”ni urib ketdi. Voqeaga avtomobil haydovchisining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.

Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
31 may 2023, 17:42

Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

1-iyundan boshlab Toshkent−Qarshi−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Qatnovlar haftaning har payshanba kuni amalga oshiriladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga izoh berdi
21 may 2023, 18:25

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” Varlamovning O‘zbekistondagi “lyuks” poyezdlar haqidagi tanqidiga izoh berdi

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov O‘zbekistonda “lyuks” vagondagi sayohati davomida skotch yopishtirilgan derazalar, kir stol va hojatxona hamda buzilgan dushga e’tibor qaratdi. “Poyezd boshlig‘i yoki vagon nazoratchisi o‘zbeklarni „podstava“ qilyapti”, — dedi u. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” holat yuzasidan izoh berdi.

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi
27 mart 2023, 10:59

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi

6, 13, 20, 27 aprel kunlari 60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent viloyatida poyezd ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi
15 mart 2023, 14:51

Toshkent viloyatida poyezd ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi

Chinoz bekatida ijtimoiy tarmoqlar uchun video olish maqsadida poyezd vagoni ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi. Oqibatda ulardan biri 20 foiz, ikkinchisi esa 80 foiz tana kuyishi bilan shifoxonaga yotqizildi.

Gretsiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi
1 mart 2023, 14:48

Gretsiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi

Gretsiyada yo‘lovchi va yuk poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 85 kishi jarohat oldi.

Toshkent viloyatida 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketdi
24 fevral 2023, 15:20

Toshkent viloyatida 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketdi

Toshkent tumanining Keles-Sariag‘ach temir yo‘lida yuk poyezdi fuqaro oyog‘ini bosib ketdi. Hozir jabrlanuvchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

Toshkent viloyatida 59 yoshli fuqaro poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi
31 yanvar 2023, 16:53

Toshkent viloyatida 59 yoshli fuqaro poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi

Zangiota tumanida temiryo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaroni poyezd urib ketdi. Oqibatda 59 yoshli kishi vafot etdi. Aniqlanishicha, fuqaro 10 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi 3 ta poyezd reysi bekor qilinadi
13 yanvar 2023, 16:11

Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi 3 ta poyezd reysi bekor qilinadi

13, 14 va 15 yanvar kunlari Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi «Afrosiyob» elektropoyezdlari qatnovlarining 3 ta reysi kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli bekor qilinadi.

O‘zbekistonda poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi
13 yanvar 2023, 09:59

O‘zbekistonda poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Anomal sovuq ob-havo tufayli 13 yanvar kuni poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Qaror yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.

Toshkentda vagon ustiga chiqqan 11 yoshli bolani 27 ming voltli tok urdi
29 dekabr 2022, 10:17

Toshkentda vagon ustiga chiqqan 11 yoshli bolani 27 ming voltli tok urdi

Toshkent shahrida 11 yoshli bola poyezd vagoni ustiga chiqqach, uni 27 ming voltli tok urdi. Oqibatda tanasining 80 foizi kuydi. Hozirda uning ahvoli stabil og‘ir deb baholanmoqda.

Toshkentda 17 yoshli o‘smir poyezd urib ketishi sabab vafot etdi
24 dekabr 2022, 14:52

Toshkentda 17 yoshli o‘smir poyezd urib ketishi sabab vafot etdi

Toshkent — Salar temir yo‘l bekatlari oralig‘ida quloqchin taqib, qo‘l telefonida musiqa tinglab o‘tib ketayotgan voyaga yetmagan shaxsni poyezd urib yubordi. Hodisa oqibatida o‘smir vafot etdi.

Dushanba kuni Toshkent metropoliteni 620 ming yo‘lovchi tashidi
6 dekabr 2022, 12:06

Dushanba kuni Toshkent metropoliteni 620 ming yo‘lovchi tashidi

Poytaxtda 5 dekabr kunining o‘zida 620 ming yo‘lovchi metrodan foydalandi (bu odatiy kundan 105 ming (21%) nafarga ko‘p). Metropoliten xodimlari yo‘lovchi ko‘pligi sabab, fuqarolardan qoidalarga amal qilishni va kassalarda navbat kutib qolmaslik uchun bank yoki transport kartalardan foydalanishni so‘radi.

Talabalarga poyezd chiptalarini sotib olish uchun 50% chegirma e’lon qilindi
2 dekabr 2022, 12:09

Talabalarga poyezd chiptalarini sotib olish uchun 50% chegirma e’lon qilindi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 22 dekabrdan 10 yanvargacha davlat OTMlarida o‘qiydigan talabalar uchun mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlarga 50% chegirma e’lon qildi. Ularni temiryo‘l kassalaridan yoki railway.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Jizzaxda teplovoz yuk avtomobili bilan to‘qnashdi
20 oktabr 2022, 12:19

Jizzaxda teplovoz yuk avtomobili bilan to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida yuk avtomobili va teplovoz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.

Buxoroda 38 yoshli ayolni poyezd bosib ketdi
26 sentabr 2022, 15:13

Buxoroda 38 yoshli ayolni poyezd bosib ketdi

Dushanba kuni erta tongda 38 yoshli ayol «Xo‘jadavlat-Buxoro-1» yo‘nalishidagi poyezd urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. U o‘z joniga qasd qilishga uringani aytilmoqda.

Qashqadaryoda xususiy bog‘chadan qochib ketgan bolani poyezd urib ketdi
12 sentabr 2022, 10:41

Qashqadaryoda xususiy bog‘chadan qochib ketgan bolani poyezd urib ketdi

Qashqadaryoning Koson tumanida xususiy bog‘chadan chiqib ketgan to‘rt yoshli bolani «Afrosiyob» tezyurar poyezdi urib ketdi. Olingan jarohatlar oqibatida bola vafot etgan. Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.

Yerusti metrosining ikki bekati orasidagi poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi
17 iyun 2022, 15:58

Yerusti metrosining ikki bekati orasidagi poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi

Payshanba kuni «Yerusti halqa yo‘li» metrosining Qo‘yliq yo‘lidagi 6- va 7-bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan poyezdda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Bunga yo‘l chetidagi to‘sinning temirqoplamasi kuchli shamol tufayli poyezdning tok qabul qilish moslamasiga tekkani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkent viloyatida ikki kishi poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi
9 iyun 2022, 12:29

Toshkent viloyatida ikki kishi poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani va Chirchiq shahrida 25 va 20 yoshli fuqarolar poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi. Ulardan birining tug‘ma ko‘rish va eshitish nuqsoni bo‘lgan, ikkinchisi esa telefondan foydalangan holda velosipedda temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan.

Erondagi temiryo‘l falokatida 17 kishi halok bo‘ldi
8 iyun 2022, 15:09

Erondagi temiryo‘l falokatida 17 kishi halok bo‘ldi

Eron sharqida sodir bo‘lgan poyezd falokati oqibatida 17 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Taxminan Tabas shahri yaqinida poyezdning ekskavator bilan to‘qnashib ketishi natijasida yetti vagondan to‘rttasi ag‘darilib ketgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting