O‘zbekiston prezidenti “Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurish zarurligini” qayd etdi (uning matbuot xizmati keltirgan iqtibos). Bu shaharda piyodalar ustuvorligini ta’minlash haqidagi tamoyilga zid bo‘lgan bahsli qarordir. “Gazeta.uz” loyihani ochiq muhokama qilishga chaqiradi.
PMTI ekspertlari OTMlar joylashuvining shaharlar holati va tirbandlik muammosiga ta’sirini o‘rgandi. So‘rovda ishtirok etgan talabalarning 78 foizi tirbandlikni asosiy muammolardan biri deb baholagan. Biroq ularning o‘qish davridagi faolligi tirband yo‘llar uzunligi 11,3 kmgacha oshishiga sabab bo‘ladi.
Toshkentda elektr energiyasini tejash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo-ko‘ngilochar markazlari hamda istirohat bog‘larining ish vaqtiga qo‘yilgan cheklov «havo harorati yaxshilanayotgani va holat barqarorlashayotgani» sabab bekor qilindi.
Poytaxtning 12 ta tumanidagi ko‘p qavatli uylar hududida 170 ta mini-poliklinika tashkil etiladi. SSV bu aholini oddiy ko‘riklar uchun ham poliklinikaga qatnash ovoragarchiligidan xalos qilishini ta’kidlamoqda. Loyiha natijalari tahlil qilingach, 6 oydan so‘ng boshqa hududlarga tatbiq etiladi.
Prezident 1 avgustga qadar Toshkent jamoat transportiga xususiy sektorni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. Shunga qaramasdan, yil oxirigacha «Toshkent shahri misolida» Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, joriy etish rejalashtirilmoqda.
Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov O‘zbekiston shaharlaridagi tirbandliklar muammosini faqatgina yo‘llarni kengaytirish va yangi yo‘l o‘tkazgichlarini qurish bilan hal etib bo‘lmayotganini aytdi. «Shaxsiy transportdan ko‘ra jamoat transporti afzalligini ta’minlashimiz kerak», — dedi u. Poytaxt ko‘chalarida piyodalar va velosiped yo‘laklarini ajratib turuvchi texnik to‘siqlar, xavfsizlik orolchalari, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida svetofor boshqaruvi joriy etiladi.
Dushanba kuni Toshkent shahridagi 508 ta budjet tashkiloti va tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazildi. Buning natijasida koronavirusga qarshi emlanmagan 1044 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlatildi, 200 nafari esa jarimaga tortildi. Yana bir tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Poytaxtda Matiz va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi jarohatlanib, bir kishi vafot etdi. Bunga Matiz haydovchisining chorraxada Lacetti avtomobilini o‘tkazib yubormagani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
1 yanvardan Toshkent shahrida jamoat transporti uchun yo‘l haqini 1400 so‘mdan 1700 so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Shunga qaramasdan, transport kartasi bilan to‘lovni amalga oshirish joriy narxdan arzonroq bo‘lishi kerak. Karta bilan jamoat tranportida harakatlanish soniga chegara o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting