«prezident» tegli maqolalar


Saudiya haj vaziri Shavkat Mirziyoyevga Ka’ba yopinchig‘i parchasini sovg‘a qildi
19 fevral 2025, 22:18

Saudiya haj vaziri Shavkat Mirziyoyevga Ka’ba yopinchig‘i parchasini sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri unga mamlakat podshohining “ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga hadyasi” — muqaddas Ka’ba yopinchig‘ining bir parchasini topshirdi. Ular o‘zbekistonlik ziyoratchilarga sharoit va xizmatlar sifatini yaxshilash masalalarini muhokama qildi.

Yirik korxonalarda bir mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur energiya me’yori belgilanadi
19 fevral 2025, 22:02

Yirik korxonalarda bir mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur energiya me’yori belgilanadi

Yirik sanoat korxonalarida bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan energiya me’yorlari belgilanadi. Bu chora elektr va gaz iste’molini 5−10% kamaytirishi kutilmoqda. Uylar izolyatsiyalanib, ijt. obyektlarda tejamkor uskunalar o‘rnatiladi, iste’molchilar Yaponiya tajribasi asosida tejamkorlikka o‘qitiladi.

Prezident TDT oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim bilan uchrashdi
18 fevral 2025, 20:33

Prezident TDT oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning sobiq bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi. Ular TDT doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik va ularni o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

Prezident kimyo sanoatida investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirishni buyurdi
6 fevral 2025, 21:57

Prezident kimyo sanoatida investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirishni buyurdi

Prezident yig‘ilishida qayd etilishicha, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emas. Shu sababli ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish, yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirish, korxonalarni raqamlashtirib, quvvatlardan oqilona foydalanish buyurildi.

Shavkat Mirziyoyev Malayziyada Petronas bosh qarorgohida bo‘ldi
5 fevral 2025, 19:02

Shavkat Mirziyoyev Malayziyada Petronas bosh qarorgohida bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri bilan birgalikda Petronas korporatsiyasining bosh qarorgohi Twin Towers binosiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari, xususan, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga yetib bordi
4 fevral 2025, 20:09

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Kuala Lumpurga yetib bordi. 5-fevral kuni ikki mamlakat biznes forumi bo‘ladi, yetakchilar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi.

Armiyaning jangovar salohiyati va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlash zarur — prezident
3 fevral 2025, 21:20

Armiyaning jangovar salohiyati va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlash zarur — prezident

Prezident armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish muhimligini aytdi. U mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

IIO tarkibida migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda
24 yanvar 2025, 11:05

IIO tarkibida migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda

Prezidentning 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish to‘g‘risidagi qaroriga asosan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibida migratsion profilaktika tuzilmalari tashkil etilmoqda.

Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universitetlari tashkil etiladi
22 yanvar 2025, 18:48

Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universitetlari tashkil etiladi

Oliygohlarda registrator ofislari ochib, oliy ta’lim va ilm-fan xizmatlarini qamrab olgan yagona raqamli tizim joriy etish rejalashtirilmoqda. Dual ta’limda ishtirok etayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi.

O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari eksportini 2 karra oshirmoqchi
21 yanvar 2025, 23:05

O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari eksportini 2 karra oshirmoqchi

Prezidentga parrandachilikni rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi. Joriy yilda 1 mln tonna parranda go‘shti, 10,5 mlrd tuxum yetishtirish, eksportni 2 karra oshirib, 180 mln dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu uchun, xususan, kam quvvatdagi yoki to‘xtab qolgan korxonalar moliyaviy sog‘lomlashtiriladi.

Men juda xursand bo‘ldim — Shavkat Mirziyoyev Abduqodir Husanovning “Manchester Citi”ga transferi haqida (video)
19 yanvar 2025, 02:06

Men juda xursand bo‘ldim — Shavkat Mirziyoyev Abduqodir Husanovning “Manchester Citi”ga transferi haqida (video)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbolchi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubiga o‘tayotgani haqida gapirdi. “Men juda xursand bo‘ldim”, — deya ta’kidladi u Abu Dabi valiahd shahzodasi bilan suhbatda.

Yangi Toshkent infratuzilmasini yaratishda Dubayning shaharsozlik yechimlaridan namuna olinadi
15 yanvar 2025, 22:19

Yangi Toshkent infratuzilmasini yaratishda Dubayning shaharsozlik yechimlaridan namuna olinadi

Shavkat Mirziyoyev BAA bosh vaziri bilan uchrashuvda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, raqamlashtirish, sun’iy intellekt sohalarida yaqindan hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi. U Dubayning ilg‘or yechimlarini O‘zbekiston shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda joriy etishga qiziqish bildirdi.

O‘zbekiston va BAA sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi
14 yanvar 2025, 19:04

O‘zbekiston va BAA sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi

Shavkat Mirziyoyev Abu Dabida BAA sun’iy intellekt vaziri bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqdi. Generativ SIni ishlab chiqish, uni turli sohalarda qo‘llash, SI universitetida talabalarni o‘qitish dasturini joriy etishga kelishildi.

Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi — prezident
3 yanvar 2025, 19:15

Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi — prezident

Prezident 2025-yil uchun davlat budjeti ijrosini ta’minlashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalliy budjetlar daromadini va mustaqilligini oshirish, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.

Hokimlar, o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi
27 dekabr 2024, 20:25

Hokimlar, o‘rinbosarlari va boshqa mansabdorlar sun’iy intellekt bilan ishlashga o‘rgatiladi

Yil yakuniga kelib O‘zbekistonning IT va telekommunikatsiya xizmatlari eksporti hajmi 900 mln dollardan oshishi kutilmoqda. Davlat organlarining 3000 nafar xodimi, shuningdek, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari sun’iy intellekt sohasida malaka oshirishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston 2025-yilda Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda
26 dekabr 2024, 20:15

O‘zbekiston 2025-yilda Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev YOII yig‘ilishida O‘zbekiston va ittifoq davlatlari savdosida tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik, Ishbilarmonlik kengashi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish, turizm, IT va AI sohalarida hamkorlikni taklif qildi. Mamlakat 2025-yilda YOTBga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda, dedi prezident.

Yangi maktab va bog‘chalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlang‘ich ta’lim sohasida nimalar o‘zgaradi?
24 dekabr 2024, 18:41

Yangi maktab va bog‘chalar, pedagoglarga ustama, malaka sinovlarini raqamlashtirish. 2025-yilda boshlang‘ich ta’lim sohasida nimalar o‘zgaradi?

Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish rejalari olib kirildi. 2025-yilda 100 dan ortiq maktab qurish, malaka toifasi berishda yangi tizimga o‘tish, harbiy vatanparvarlik darsliklarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari ta’lim sifatini, ayniqsa, chekka tumanlarda yaxshilashni buyurdi.

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
24 dekabr 2024, 09:11

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 25−26-dekabr kunlari MDH va YOII sammitlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Yig‘ilishlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi va kelgusi yilgi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashiladi.

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
23 dekabr 2024, 21:06

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda 3 ta asosiy yo‘nalish — qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilib, takliflar tayyorlanadi va hokimlarga yetkaziladi. Prezident ko‘p energiya talab qiluvchi yirik loyihalarni ushbu hududda joylashtirish kerakligini ta’kidladi.

Prezident gaz qazib olishni ko‘paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish masalasini muhokama qildi
19 dekabr 2024, 23:34

Prezident gaz qazib olishni ko‘paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish masalasini muhokama qildi

Prezident yig‘ilishida gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun istiqbolli hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash va seysmik qidiruv maydonini kengaytirish reja qilingani aytildi. “O‘zbekneftgaz” loyihalari uchun 2 mlrd dollar xorijiy kredit jalb qilmoqchi. Korxonaga tannarxni 8 foizga kamaytirish topshirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting