Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini 5 foizdan 5,5 foizga yaxshiladi. Bank ish haqi va pensiyalar oshishiga qaramay, aholining real daromadlari kamaygani sababli iste’molning sekinlashishiga ishora qilmoqda. Inflyatsiya kutilmalari esa MB prognozidan ancha yuqoriligicha qolmoqda.
Fiskal va monetar rag‘batlantirish vositalari orqali iqtisodiyotni rag‘batlantirishni davom ettirish inflyatsion bosimni keltirib chiqarishi mumkin, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi choraklik makroiqtisodiy tahlilida. Markaz 2023-yilda YAIM o‘sishi 5,8 foizni tashkil etishini prognoz qildi.
S&P reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini BB- (barqaror kutilma) darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Agentlik prognoziga ko‘ra, 2023−2026-yillarda mamlakat YAIMining real o‘sishi o‘rtacha 5,4 foizni, aholi jon boshiga YAIM hajmi 2023-yilda 2400 dollarni tashkil etadi.
Jahon bankining yangi prognoziga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,1 foizni tashkil etadi. Yanvar oyida bank 4,9 foiz o‘sishni prognoz qilgan.
Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2023-yilda 5,1 foizga o‘sishini prognoz qildi. Bu Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Rossiyaning Ukrainadagi urushi va sanksiyalarning oqibatlari oziq-ovqat va energiya narxlariga ta’sir qilishda davom etadi.
2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 5,7 foizni tashkil etdi. JBning 2023 yil uchun mamlakat prognozi o‘zgarishsiz qoldi — 4,9 foiz. Markaziy Osiyo uchun savdo yo‘llarining o‘zgarishi Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlarini qisman yumshatishi mumkin, deb hisoblaydi bank.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, respublikada dekabrning birinchi o‘n kunligi sovuq bo‘ladi. Harorat −4…−7 darajagacha pasayib, qor yog‘ishi mumkin. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida kechasi -7, kunduzi +15…+3 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. O‘tgan yilning dekabr oyi juda iliq bo‘lgandi.
Jahon banki 2022 yil uchun O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini 4,3 foizgacha yaxshiladi. Ammo Ukrainadagi mojaro sababli o‘sish oldingi prognozdan pastligicha qolmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston yaqin ikki yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatishi kutilmoqda.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 4 may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmayapti.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. MBda o‘tgan yili inflyatsiyani yuzaga keltirgan asosiy omillar oziq-ovqat va energiya-yoqilg‘i mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada o‘sishi ekanligi ta’kidlandi. «Inflyatsion jarayonlar yil so‘ngida noaniqliklar va pandemik xatarlar fonida narxlarga uzoqroq muddat davomida bosim yaratishi mumkin», — deyiladi regulyator xabarida.
Hukumat 2022 yilda YAIMning 5,9 foizga o‘sishini prognoz qildi. Inflyatsiya darajasini 2022 yilda 9 foizgacha, budjet defitsitini esa YAIMga nisbatan 3% pasaytirish ko‘zda tutilmoqda. 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM miqdorini 4000 dollardan oshirish ko‘zda tutilmqoda.
J. P. Morgan investitsiya banki 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining 8,1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Mamlakat bozorlarni liberallashtirish, keng miqyosli xususiylashtirish orqali iqtisodiyotdagi davlat ulushni qisqartirish kabi islohotlar arafasida turibdi. Shu bilan birga, xususiylashtirishning xatarlardan kafolatlanmagani qayd etildi.
2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 4,8% gacha tiklanishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish uchun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish lozim, deyiladi Jahon banki hisobotida. Ekspertlar 2021 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMning 42 foizini tashkil etishini ham prognoz qilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bu yil O‘zbekiston YAIM hajmi 2 foizga qisqarishini kutmoqda. 2021 yilda iqtisodiy o‘sish prognozi 6,5%dan 4,5%gacha pasaytirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting