Yirik miqdorda to‘lov evaziga O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan biri tanishidan AQShga ishlashga jo‘natish uchun 9000 dollar, ikkinchisi esa Polshaga yuborish uchun 1000 dollar va 6,3 mln so‘m olgan.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Senatorlar O‘zbekistonda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan tortib olishga qarshi kurashishda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bunday jinoyatlarni tergov qilish prokuratura organlarining vakolatiga qiritilmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida kechasi jamoat tartibini buzgani uchun IIB xodimlari tomonidan hushyorxonaga olib ketilayotgan fuqaro qochish maqsadida o‘zini mashinadan tashladi. U jarrohlik amaliyotiga qaramay vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, xodimlarga tekshiruv tayinlandi.
Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” kanalidan Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 14 yoshli yigitning jasadi topildi. Tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.
Mahmud Istamov o‘rniga Qo‘qon shahrining sobiq prokurori Ulug‘bek Xamdamov Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi. Bir necha kun avval viloyatning Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.
“Qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilganda”, odamlar hayotida xotirjamlik va ro‘zg‘orida farovonlik bo‘ladi, dedi prezident. “Bu maqsadga to‘la erishish mumkin”, dedi u prokuratura xodimlariga yo‘llagan tabrigida.
Qumqo‘rg‘on tumanida hokim yordamchisi fuqarolarning nomiga issiqxona tashkil etish uchun 4 marta (jami 132 mln so‘m) kredit olib, pullarni o‘ziga qarashli MCHJga o‘tkazgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va lavozimidan ozod etildi.
Andijon, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlari “Ko‘mir ta’minot” korxonasi mudirlari 3 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan ko‘mirni sotib yuborgan.
Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan 150 ta obyektda sifatsiz bajarilgan 10,6 mlrd so‘mlik ishlar va 106 ta obyektdagi 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish aniqlandi. Loyiha-smeta hujjati qayta o‘rganilishi natijasida 994 ta loyihadan 216,8 mlrd so‘mlik mablag‘ budjetdan ortiqcha xarajat qilinishining oldi olindi.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi O‘zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Farg‘ona viloyatida vafot etgan 20 yoshli kelinning yaqinlari uning to‘ydan bir oy o‘tib o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayapti. Xolasining aytishicha, qiz eri uni kaltaklayotganidan shikoyat qilgan.
Toshkent shahar IIBBda tergov vaqtida fuqaro vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ichki ishlar xodimlari mansab vakolatidan chetga chiqish va qiynoqqa solishda gumonlanmoqda.
Chirchiq shahridagi Deluxe hotel mehmonxonasida 23 yoshli yigit va 21 yoshli qiz vafot etdi.
Prezidentning yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishni nazorat qilish to‘g‘risidagi farmoni bilan prokuratura organlarida boshqaruv xodimlari soni 4195 dan 4886 nafarga, Bosh prokuratura prokuror-tergovchilari esa 252 dan 316 nafarga oshirildi. Yana bir — bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Muzrabot tumanida mastligi aytilgan erkakni urib, unga kuch ishlatgan IIB xodimi “mansab vakolatidan chetga chiqqan” deb topildi va harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovning borishini prokuratura nazoratga olgan.
Tarmoqlarda Xonobod shahar hokimligi xodimi pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, jabrlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi. Pichoqlangan fuqaro tirik qolgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting