Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari — ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi.
Namangandagi jazoni ijro etish muassasasida giyohvand moddalar savdosi sabab qamalgan 24 yoshli mahkum o‘zini osib, vafot etdi. Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligini aytdi, Bosh prokuratura esa ma’lumotni rad etmoqda.
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi Qashqadaryo filiali sobiq boshlig‘i MCHJlardan birining rahbari bilan til biriktirib, jamg‘armaning 1,8 mlrd so‘m pullarini talon-toroj qilgan. Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Toshkent viloyatidagi Tovoqsoy qamoqxonasida ikki mahkum yashash binosidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga urindi. Mahkumlarda og‘ir tan jarohatlari aniqlangan. Jinoyat alomatlari bo‘lmagani uchun prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atmadi. Holatga «Ezgulik» jamiyati rahbari hamda Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
2021-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil aralashuvi bilan 53 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi. Jumladan, 48 nafar mahkumga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ahloq tuzatish ishlariga, 3 nafar mahkumni jazosi esa shartli ravishda ozod etishga va 2 nafar mahkumniki uy qamog‘iga almashtirilgan.
2021 yilda dunyo bo‘ylab qamoqxonalardagi jurnalistlar soni rekord darajaga yetdi — 293 nafar OAV xodimi qamoqqa olingan. Yana 24 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun «Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari» treningi o‘tkazilmoqda. Unda, jumladan, qamoqxonalarda qiynoqlarning oldini olish ko‘nikmalari ham o‘rgatiladi.
O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahkumlarning umumiy soni bo‘yicha reytingda 62-o‘rinni egalladi, hozir muassasalarda 22 867 nafar shaxs jazo o‘tamoqda. Mamlakatda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi va bu boradagi reytingda esa O‘zbekiston 179-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Feruza Eshmatova 9 oy ichida qamoqxonalarga 120 ta monitoring tashriflari amalga oshirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, monitoring davomida qamoqxonalarda «qiynoq holatlari deyarli uchramagan». «Shu paytgacha ularning hech qaysisidan „meni bu qiynayapti“, „urdi“ yoki qanaqadir „ruhiy tazyiq, bosim, qiynoqlar o‘tkazayapti“ degan murojaat bo‘lmadi», — deydi ombudsman.
Gulnora Karimovaning advokati sentabr oyi o‘rtalarida mijozi bilan uchrashuvda uning qo‘lida ko‘karishlarni ko‘rganini xabar qilgan edi. Ombudsman Feruza Eshmatova koloniyada ko‘rishganida birinchi prezidentning qizi bilan hammasi yaxshi bo‘lganini va qaytadan monitoring o‘tkazilishini aytdi. U shuningdek, qamoqxonalarda qisqa muddatli uchrashuvlar qayta tiklanganini ham ma’lum qildi.
Adliya vaziri seshanba kuni o‘tkazilgan anjumanda davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. «Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi», — dedi Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning uchun tartibga solish mexanizmlari va qonunlar bo‘lishi kerak. Shuningdek, vazir O‘zbekistondagi qamoqxonalar xususiy sektorga o‘tkazilmasligini ta’kidladi.
Qarshidagi manzil-koloniyada 19 yoshli mahkum lezviya bilan qornini va qo‘llarini 3−4 marotaba tilib, o‘ziga yengil tan jarohatlari yetkazdi. Bosh prokuratura koloniya xodimlariga ish qo‘zg‘atilganini rad etdi, biroq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.
Hozirda O‘zbekistondagi jazoni ijro etish koloniyalarida Jinoyat kodeksining 120-moddasi (besoqolbozliq) bilan ayblangan 49 nafar shaxs saqlanmoqda. So‘nggi 5 yil ichida 44 kishi besoqolbozlik bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Ushbu mahkumlar bilan doimiy ravishda psixologik ishlar individual tarzda olib borilishi aytilmoqda.
Mahkumlarning Ombudsman va Biznes ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini qamoqxona rahbariyati ko‘zdan kechirishi taqiqlanishi mumkin. Qolaversa, oluvchiga yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuborilishi belgilanmoqda. IIV tegishli buyruqqa o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etmoqda.
Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting