Qibray tumanidagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3−4 yil ichida poytaxtda ulkan qurilish ishlari olib borildi va endilikda buni to‘xtatib, shahar tashqarisiga chiqarish kerak.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida payshanba kuni ertalab beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Xabar qilinishicha, yo‘l kechasi yuvilgan, quyuq tuman ham tushgan.
Qibray tumanidagi «Qonli ariq» voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi. Mazkur holatga yo‘l qo‘ygan «Obod Savdo Biznes» MCHJga qarashli qushxona rahbariyati fevralda ogohlantirilgan bo‘lgan. Ular bir qator qonunni buzgani aniqlanib, qonni ariqqa oqizish to‘xtatildi. Muammoni hal etish uchun esa korxona rahbariga 5 kun muddat berildi.
Qibray tumanida murdasi sayohat jomadoni ichidan topilgan erkakni o‘ldirishda gumon qilinayotgan ikki kishi qo‘lga olindi.
Poytaxtdagi Mirzo Ulug‘bek tumaniga kiruvchi Ulug‘bek shaharchasining aholisi shaharchani Toshkent viloyatining Qibray tumaniga o‘tkazishga qarshi chiqdi. Ularning fikricha, bu shaharcha va u yerda joylashgan Yadro fizikasi institutining holatini yomonlashuviga olib keladi. Aholining ochiq xati 2700 ga yaqin imzo to‘plagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting