IIV Qashqadaryoda aldov yo‘li bilan yuzlab fuqarolarning salkam 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilayotganini ma’lum qildi. Ularga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.
Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblangan to‘rt nafar shaxsni qidiruvga berdi. Ularning ismlari va suratlari.
Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot yo‘lovchisi Jinoyat kodeksining 276-moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu unga nisbatan bortda sigaret chekkani uchun jarima rasmiylashtirilayotgan vaqtda aniqlandi. Erkak qo‘lga olindi.
IIV 2 bloger qidirilayotgani sabablarini ma’lum qildi. Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) 2012-yildan buyon Sergeli bozorida fuqaroga avtomobil olib berishni va’da qilgani uchun qidirilmoqda. Retsidivist deb topilgan Sherali Komilov (Detectiv Uz) 3 ta holatda firibgarlik va haqorat qilishda gumonlanmoqda.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi blogerlar Sanjar Ikromov (Sanjar Xo’ja) va Sherali Komilovni (Detektiv Uz) qidiruvga berdi. Ular firibgarlikda, Komilov esa qo‘shimcha ravishda haqorat qilishda ham ayblanmoqda.
Toshkentda avtomobil yuvish shoxobchasi xodimi mashina olib qochdi. IIO xodimlari gumonlanuvchini to‘xtatish uchun o‘qotar qurol qo‘lladi. Qurolni qo‘llash jarayonida hech kimga shikast yetmagani qayd etildi.
Chimkentda qotillik sodir etgani uchun qariyb 20 yildan beri qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli qidiruvga berilgan 7 800 dan ortiq fuqarodan 4 500 nafardan ko‘prog‘i topilgan, 3 264 nafar fuqaro qidirilmoqda. Ushbu shaxslarning 2 149 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 1 115 nafari chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan. Shuningdek, qidiruv e’lon qilingan 4 222 ta avtotransport vositalarining 3 073 tasi topilgan.
Qidiruvga berilgan TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori firibgarlik va mansab soxtakorligida ayblanib, qidiruvga berilgan.
O‘zbekiston IIV xalqaro ekstremistik tashkilotlar faoliyatiga qo‘shilganlikda gumon qilinib qidiruvga berilgan 10 kishining ism-sharif va fotosuratlarini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting