2027-yilda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga saralashda muhim bosqich bo‘ladi.
Saudiya Arabistonida o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonliklar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi. Sportchilar 27−28-aprel kunlari Parij-2024 litsenzion turnirida ishtirok etadi.
Italiya matbuoti mamlakat o‘smirlar terma jamoasining uch nafar a’zosi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berdi. O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raddiya e’lon qilib, Italiya qilichbozlik federatsiyasini “maxsus tayyorlangan yolg‘on xabar"da aybladi.
Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida sablyachi Zaynab Dayibekova finalda uch karra jahon chempionati sovrindori bo‘lgan janubiy koreyalik sportchini yengib Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi.
Taniqli qilichboz, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami Aida Xasanova 39 yoshida vafot etdi. Bir kun oldin u xususiy klinikada kosmetologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan, shundan so‘ng ahvoli og‘irlashgan.
Qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi jami 16 ta — 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
Poytaxtda 10−12 fevral kunlari qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda yigirmadan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi.
Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida olimpiada g‘oliblarini mag‘lub etib, finalga chiqdi. Oltin medallar uchun bahslarda o‘zbekistonlik qilichbozlar Janubiy Koreya atletlariga 38:35 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. U fevral o‘rtalarida MOQ rahbarligidan ham ketgandi. Federatsiyada uning o‘rnini «Kapitalbank» Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamatov egalladi.
Zuhriddin Qodirov BAAda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati finalida germaniyalik raqibini mag‘lub etdi. U O‘zbekiston qilichbozlari o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi bo‘ldi. JCHda Zaynab Dayibekova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting