Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumi doirasida totalizatorlar haqidagi savolga javob berar ekan, uning tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «aholi har xil yo‘llarga kirib qolishining oldini olish davlatning majburiyati». «Bu industriya bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak», — dedi u.
«1xbet» qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgan FarDU o‘qituvchisi tanishidan olgan 57 mln so‘mni yutqazib qo‘yganidan so‘ng qabristonda o‘zini osib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Payariq tumanida fuqaro o‘z xonadonida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yin tashkil etgani aniqlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan ish ochilib, u protsessual tartibda ushlandi.
Xorazm viloyati Shovot tumanida ichki ishlar xodimlari qimor o‘ynayotgan 21 nafar fuqaroni qo‘lga olgan va qimorga tikilgan 43 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi pullar musodara qilingan. Qo‘lga olinganlardan bir necha nafari ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llab, o‘zlariga nisbatan kuch ishlatilganligini iddao qilgan va tanalaridagi jarohatlarni ko‘rsatishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting