Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Sodir Japarov deyarli 80 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 81 foizdan ko‘prog‘i mamlakatdagi prezidentlik boshqaruv shakli uchun ovoz berdi.
Qozog‘iston janubida va Qirg‘izistonning ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilishlar kuzatildi. Ikkala mamlakat ham O‘zbekistondagi energiya tizimidagi muammolarga ishora qilmoqda. Avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirligi mintaqaning yagona energiya tizimidagi elektr uzatish liniyalaridagi uzilishlar haqida xabar bergan edi.
Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida 12 nafar fuqaro Qirg‘iziston spirtli ichimligidan zaharlandi. Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qirg‘izistonning Bishkek shahri va Chuy viloyatida 176 va 24 o‘rinli ikkita modulli shifoxona ishga tushirildi. Shifoxonalar qurilishi va jihozlanishi O‘zbekiston tomonidan to‘liq moliyalashtirildi.
Maya Sandu Moldova prezidenti lavozimiga kirishgani, Xitoyning Alibaba Group ustidan tergovni boshlashi, Trampning harbiy byudjet loyihasiga qarshi chiqqani, Isroilda yilning uchinchi lokdauni joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qirg‘izistonda qurilishi va jihozlanishi to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirilgan 200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi.
Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar ustav kapitali 50 mln dollarga teng bo‘lgan qirg‘iz-o‘zbek investitsion jamg‘armasini tashkil qilishga kelishib olishdi.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarini yubordi. Shuningdek, mamlakatga COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun o‘zbekistonlik shifokorlarni yuborish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana bir gumanitar yordam jo‘natdi. Jo‘natilgan yordam tarkibiga bir martalik qo‘lqoplar, niqoblar, himoya kombinezonlari, COVID-19 testlari, remdisevir va boshqalar kiritilgan.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya 5−6 noyabr kunlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Kanat Isayev yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlarida qatnashish maqsadida iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
Qirg‘iziston prezidenti v. b. Sadir Japarov iqtisodiy amnistiya e’lon qildi va korrupsiyaga aloqdor amaldorlarga, sobiq davlat xizmatchilariga, mansabdor shaxslarga va tadbirkorlarga noqonuniy ravishda olingan mol-mulkni davlat g‘aznasiga qaytarish uchun 30 kun muhlat berdi.
Qirg‘iziston parlamenti deputati fuqarolardan pul yig‘ish va mamlakatning tashqi qarzini to‘lashni taklif qildi. Ushbu taklif mamlakat tashqi qarzini oddiy fuqarolar hisobiga to‘lashga qaratilgan birinchi urinish emas.
Qirg‘iziston MSK ma’lumotlariga ko‘ra, takroriy parlament saylovlari dekabr oxirlarida, muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari esa yanvar o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi.
Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov o‘z tarafdorlari oldida o‘zini prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, lavozimiga tushdan keyin kirishgan parlament spikeri prezident Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqani dan so‘ng mamlakat rahbari vakolatlarini bajarishdan bosh tortgan.
«Men hokimiyatni ushlab turmayapman. Men Qirg‘iziston tarixida o‘z fuqarolari qonini to‘kib, ularga o‘q uzgan prezident sifatida qolishni istamayman». Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Qirg‘iziston prezidentining bosh vazirni tayinlash to‘g‘risidagi qarorni noqonuniy deb elon qilishi, Kipr «oltin pasport» dasturini bekor qilishi, JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini to‘g‘risidagi bayonoti va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qirg‘iziston prezidenti ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan Bishkekda favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Shaharga qo‘shinlar kiritilib, blokpostlar o‘rnatiladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bosh vazir Kubatbek Boronovning iste’fosini qabul qildi. Bu hukumatning ham iste’foga chiqarilganini anglatadi, ammo hukumat yangi bosh vazir jamoa shakllantirmaguncha ishlashda davom etadi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov qirg‘iz xalqiga navbatdagi murojaatida ijro hokimiyatining qonuniy rahbarlari tasdiqlanib, mamlakat qonuniylik yo‘liga qaytishi bilanoq iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting