«qirg‘iziston» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi
31 yanvar 2025, 10:46

O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkum fuqarolarni bir-biriga topshiradi. Qonunchilik palatasi bu haqdagi qonunni qabul qildi. Hozirda O‘zbekistonda 45 nafar qirg‘izistonlik, Qirg‘izistonda 96 nafar o‘zbekistonlik mahkum o‘z jazosini o‘tamoqda.

“Salimboy” Qirg‘iziston janubini to‘liq nazoratga olgandi — Qamchibek Tashiyev
17 yanvar 2025, 17:19

“Salimboy” Qirg‘iziston janubini to‘liq nazoratga olgandi — Qamchibek Tashiyev

“Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyev Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilgan, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar, biznesmenlar, hatto siyosiy arboblar va deputatlar ham “Salimboy”ning huzuriga borgan.

AQSh Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi
16 yanvar 2025, 18:28

AQSh Qirg‘iziston bankiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Rossiyaga nisbatan savdo cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam bergani uchun AQSh hukumati Qirg‘izistonning “Keremet Bank”iga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu Amerika sanksiyalari ostida qolgan Markaziy Osiyodagi birinchi bankdir.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari chegara masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
8 yanvar 2025, 15:11

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari chegara masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari uch davlat chegaralari tutashgan nuqtada umumiy chegara uchastkalari chizig‘i masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ular ushbu yig‘ilish “xalqlar va mamlakatlar farovonligi yo‘lida mintaqa taqdirini o‘nlab yillar davomida belgilab berishiga” ishonch bildirdi.

Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi
19 dekabr 2024, 19:41

Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Sadir Japarov Duyshonkul Chotonovni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Chotonov ilgari Koreya va Vetnamda ham elchi bo‘lgan.

Adilbek Kasimaliyev Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi
18 dekabr 2024, 15:02

Adilbek Kasimaliyev Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri etib avval bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Adilbek Kasimaliyev tayinlandi. U ikki kun avval prezident iste’foga chiqargan Akilbek Japarovning o‘rnini egallaydi.

Qirg‘iziston hukumati rahbari ishdan bo‘shadi
16 dekabr 2024, 12:10

Qirg‘iziston hukumati rahbari ishdan bo‘shadi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra” lavozimidan ozod etildi. Japarovning vazifalarini vaqtincha bajarish Adilbek Kasimaliyevga yuklatildi.

Qirg‘iziston prezidenti “Sukunat to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
9 dekabr 2024, 15:43

Qirg‘iziston prezidenti “Sukunat to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Sukunat to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat aholini me’yordan ortiq tovush bosimi va shovqinning zararli ta’siridan muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan. Ish kunlari soat 22:00 dan 07:00 gacha, dam olish kunlarida 22:00 dan 09:00 gacha shovqin solish taqiqlanadi.

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasi uchastkalarining tavsifini to‘liq yakunladi
4 dekabr 2024, 19:49

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasi uchastkalarining tavsifini to‘liq yakunladi

Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari umumiy davlat chegarasini to‘liq tavsiflashni yakunladi. Qirg‘iziston MXDQ raisi bir necha oydan so‘ng masala “butunlay hal bo‘lishini” ta’kidladi.

Qirg‘izistonda import sementga nisbatan antidemping tekshiruvi boshlandi
4 dekabr 2024, 15:50

Qirg‘izistonda import sementga nisbatan antidemping tekshiruvi boshlandi

Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi import sementga nisbatan antidemping tekshiruvi o‘tkazmoqda. Qurilish materiali asosan Qozog‘iston va O‘zbekistondan yetkazildi. Avvalroq iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar narxlar dempingiga yo‘l qo‘yganini aytgandi.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
23 noyabr 2024, 13:53

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi vodiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezildi (2−3 ball).

Qirg‘iziston ko‘mir eksportini vaqtincha chekladi
22 noyabr 2024, 22:28

Qirg‘iziston ko‘mir eksportini vaqtincha chekladi

Qirg‘iziston YOIIdan tashqariga ko‘mir eksportiga olti oylik taqiq joriy qildi. Cheklov “O‘zkimyoimpeks” 2023-yilda ko‘mirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan “Qirg‘izko‘mur"ga ta’sir qilmaydi. Mamlakat toshko‘mir eksportining 85%, qo‘ng‘ir ko‘mirning 95,7% qismi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
22 noyabr 2024, 20:37

Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakatga elektron sigaretlarni olib kirish, sotish va chekishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 2025-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Tartibni buzish jismoniy shaxslar uchun 115 dollar (joriy kurs) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorlangan 7 gumonlanuvchi hibsga olindi
13 noyabr 2024, 08:57

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorlangan 7 gumonlanuvchi hibsga olindi

Qirg‘izistonda hokimiyatni egallash maqsadida ommaviy tartibsizliklar uyushtirmoqchi bo‘lgan 7 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida Qirg‘izistonda tug‘ilganlar va chet elliklar bor.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga yetib bordi
5 noyabr 2024, 19:32

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka yetib bordi. U ertaga Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan “yashil” loyihalar evaziga kechdi
5 noyabr 2024, 16:42

Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan “yashil” loyihalar evaziga kechdi

Turkiya Qirg‘izistonning 58,8 mln dollarlik tashqi qarzidan “yashil” loyihalarni amalga oshirish evaziga kechib yubordi. Avvalroq Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov moliya tashkilotlari va davlatlarga davlat qarzini “yashil” tashabbuslarga ayirboshlashni bir necha bor taklif qilgandi.

Foto: “Bizni birlashtirgan tog‘lar” ko‘rgazmasidan reportaj
4 noyabr 2024, 16:26

Foto: “Bizni birlashtirgan tog‘lar” ko‘rgazmasidan reportaj

Toshkent Fotosuratlar uyida Qirg‘izistonda bo‘lgan an’anaviy “Sharqning quyoshli ranglari” xalqaro pleneri qatnashchilari Jahongir Abdullayev, Temur Lashyonov, Zuhriddin Qiyomov va Bobur Vahobjonovning umumiy ko‘rgazmasi uyushtirildi. Namoyishga qo‘yilgan rasmlardan parchalar — “Gazeta.uz” reportajida.

“Madhiyamizni qayta yozamiz” — Qirg‘iziston parlamenti spikeri
25 oktabr 2024, 14:03

“Madhiyamizni qayta yozamiz” — Qirg‘iziston parlamenti spikeri

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev davlat madhiyasi eskirganini aytib, u qayta yozilishini bildirdi. “Madhiyamizni 5 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar oson kuylashi uchun qayta yozamiz”, — dedi spiker.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
3 oktabr 2024, 13:07

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni Toshkentga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

O‘zbekiston prezidenti va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni rasmiy Toshkentga berish haqidagi xalqaro shartnomani tasdiqladi. Unga ko‘ra, uchta bank va mexanika zavodi rekonstruksiyani yakunlashi va u yerda mehmonxona komplekslarini tashkil etishi kerak bo‘lgan mulk huquqini oladi.

Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi
2 oktabr 2024, 20:47

Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi

Qirg‘izistonda go‘sht narxining keskin ko‘tarilishi ushbu mahsulotlarning O‘zbekistonga eksporti ortishi bilan bog‘landi. Shu sababli mamlakatda go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. O‘zbekiston ichki bozorda narxi o‘sishi fonida go‘sht mahsulotlari importini oshirgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting