Senatorlar o‘zbek-qirg‘iz chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani hamda Andijon (Kampirobod) suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlarni ma’qulladi. Ushbu qonunlar parlament quyi palatasi tomonidan 14 noyabr kuni qabul qilingan edi.
O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov qirg‘izistonlik hamkasbi Jeenbek Kulubayev bilan Andijon (Kampir-Obod) suv ombori bo‘yicha bitimni imzoladi. Bundan tashqari, vazirlar prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini ham muhokama qildi.
Bishkek sudi Kampir-Obod suv ombori hududining O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqqan 20 nafarga yaqin siyosatchi va faolni qariyb ikki oy muddatga hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qirg‘iziston Ombudsmani ommaviy hibslar yuzasidan xavotir bildirdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan Kampir-Obod (Andijon) suv omborini boshqarish uchun 50/50 ulushga ega qo‘shma korxona tashkil etilishini ma’lum qildi.
Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev yirik miqdorda — $110 ming pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi, deb xabar berdi mamlakat IIV. Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi mazkur ish yuzasidan keng qamrovli tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Nurafshonda xalq vakillari bilan suhbatda Qirg‘iziston bilan chegara borasidagi kelishuvlarga to‘xtalib o‘tdi va ilgari chegara hududlarda minalar bo‘lganini aytdi. «Odamlar qarindoshlarining na to‘yiga bora olardi, na azasiga. Shaxsan o‘zim nazorat qilib minalarni oldirdim», — dedi prezident
Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashib, chegara bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar bo‘lgani, bunda og‘ir harbiy qurollardan foydalanilgani aytildi. Tomonlar hodisada bir-birini aybladi. Keyinroq 2 davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li va Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratdilar.
Qirg‘izistonlik jurnalist Alisher Soipov 2007 yili O‘shda otib ketilgandi. 2010 yilda qotillikda ayblangan shaxs ham oradan 2 yil o‘tib ozodlikka chiqarilgan. 15 yildirki jurnalistning qotili topilmayapti. Marhumning ukasi «Gazeta.uz»ga ish 2019 yilda qayta ochilib, 2022 yilda yana yopilganini ma’lum qildi.
Yakshanba kuni RFning Ulyanovsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 14 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, 3 nafari jarohat oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi.
Seshanba kuni Cho‘lpon-Otada O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari uchrashdi. Qirg‘iziston hukumati maxsus vakili Nazirbek Borubayevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar oldin kelishilmagan 208 km chegarani aniqlashtirib olmoqchi, qolaversa, yil yakunigacha barcha savollarni hal etishni rejalashtirmoqda.
Interpol byurosi Qirg‘izistonda rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan shaxsni O‘zbekistonda ushladi. Bosh prokuratura ekstraditsiya qilish masalasini ko‘ryapti.
Qirg‘izistonda deputat hukumatdan O‘sh aeroportida taksichilar ustidan shikoyat qilayotgan o‘zbekistonlik yo‘lovchilarning tranziti uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni so‘radi. «O‘zbekiston fuqarolari O‘sh orqali o‘zlariga xush kelganidan uchib o‘tayotgani yo‘q. Shunda chipta 150 dollarga arzonroq bo‘ladi», — deydi u.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi oldidan Shavkat Mirziyoyev, Qasim-Jomart Tokayev va Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston prezidenti davlat va munitsipal maktablari direktorlarini tanlov asosida ishga qabul qilishni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Maktab direktorlari 5 yil muddatga tayinlanadi, shundan so‘ng ular yana raqobatlashishi kerak bo‘ladi.
Qirg‘izistonda kazino faoliyati qonuniylashtirildi, uning mijozlari esa faqat xorij fuqarolari bo‘lishi mumkin. “Qimor o‘yinlari to‘g‘risida"gi yangi qonun davlat budjetiga pul mablag‘larini jalb qilish va sarmoya kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.
Bishkek sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 2020 yilning oktabridagi ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi bo‘yicha oqladi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari 6 oy mobaynida maxsus operatsiya o‘tkazdi. Natijada 8 ta narkolaboratoriya va qariyb 30 kg sintetik narkotik modda musodara qilindi. Oyiga 200 kggacha narkotik ishlab chiqargan guruhning 20 dan ortiq a’zosi qo‘lga olindi.
Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari O‘sh hududidagi uylardan birida O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 177 metrlik maxfiy yerosti tunneli borligini aniqlandi. Bu so‘nggi bir oy ichida topilgan uchinchi tunnel hisoblanadi. Uni ikki nafar shaxs valyuta va tovarlar olib o‘tish uchun qaziganligi aytilmoqda.
Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tomonidan Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 155 metrlik maxfiy tunnel topildi. Bundan oldin ham O‘sh viloyatidan Andijonga o‘tish mumkin bo‘lgan 270 metrlik tunnel aniqlangandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting