Prezident qishloq xo‘jaligidagi kamchiliklarni tanqid qilib, bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va Fermer xo‘jaliklari kengashi rahbari Aktam Xaitovni ogohlantirdi. Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev faoliyatidagi kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.
Prezident farmoni bilan Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan u investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar 16 iyuldan beri bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitovning nomzodini ma’qulladi. U bunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Prezident qaroriga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar yuklatilib, maxsus departament ham tashkil etildi. Vazirlik yerlar cho‘llanishi, ularni tiklash, ekinlarni almashlab ekish, o‘rmonlar barpo qilishni monitoring qiladi va majburiy ko‘rsatmalar beradi.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining «G‘o‘za biotexnologiyasi» laboratoriyasi noodatiy rangda paxta yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda. Tabiiy rangli tola ishlab chiqarish paxtaning eksport salohiyatini oshiradi, deb hisoblaydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Respublika bo‘yicha mevali bog‘ va tokzorlar, ertaki kartoshka va sabzavot ekinlarini sovuq urishidan asrash bo‘yicha tezkor guruhlar tuzildi. Ular soha olimlari bilan birgalikda agrarchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiya shakar va g‘alla eksportiga kiritgan vaqtinchalik cheklovlari O‘zbekistondagi mahsulotlar hajmiga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi. Aholi va korxonalarning talabini uzluksiz va barqaror narxlarda bug‘doy, un, shakar bilan ta’minlash, narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish uchun zaxiralar yaratilgani aytilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev elektr energiya va gaz ta’minotidagi uzilishlar ortidan bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetarli miqdorlarda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilgan, ular muqobil energiyaga ulangan muzlatgich va omborxonalarda saqlanmoqda. Issiqxonalar esa bir necha kun ichida tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.
1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish bo‘yicha 9,9 mlrd so‘mlik tender yakunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi komissiyasi tomonidan o‘rganiladi. «Gazeta.uz» savdolarda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining o‘g‘liga tegishli kompaniya g‘olib bo‘lgani haqida yozgandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi noqulay ob-havo tufayli yetilishi kechikkan «ertapishar» sabzi hosilini yig‘ib olish boshlanganini ma’lum qildi. «Bu bozorni yangi sabzi bilan to‘liq ta’minlash va uning narxi bosqichma-bosqich arzonlashishiga olib keladi», — deya qayd etdi vazirlik.
O‘zbekistonda fevral oyining oxirida sovuq ob-havo tufayli hosil yo‘qotilishini baholash ishlari olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatning shimoliy hududlarida sovuq paytida «o‘simliklarning aksariyat qismida kurtaklar hali paydo bo‘lmaganligini» ta’kidladi. «Umid qilamizki, janubiy viloyatlar ham katta yo‘qotishlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi», — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Qirg‘izboyev.
Qahramon Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi keskin ob-havo sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari, meva, sabzavot va daraxtlarni saqlab qolish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan tavsiyalarni ma’lum qildi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Saidkamol Xodjayev va Botirjon Sulaymonov o‘z lavozimidan ozod etildi. Ma’lumotga ko‘ra, Saidkamol Xodjayev boshqa ishga o‘tadi. Botirjon Sulaymonov esa Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida qoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting