Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari — ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi.
“Yuksalish” umummilliy harakati ichki ishlar idoralarida qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqqanini e’lon qildi. Unda qiynoq holatlari yuzasidan IIV rahbariyati jamoatchilikka batafsil axborot berishi, ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish isloh qilinishi kabi takliflar joy olgan.
Ombudsman Bo‘kada sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirib, aybdorlar hibsga olinganini ijobiy baholashini qayd etdi. Munosabatda ta’kidlanishicha, qiynoqlarni oldini olish uchun shaffoflik ta’minlanishi kerak.
Bo‘kadagi IIBda qiynoqqa solingandan so‘ng vafot etgan Usmon Salimboyevning yaqinlari voqeaga oid yangi tafsilotlarni ma’lum qildi. Ular marhumdan tashqari uning ukasi ham qiynoqqa solinganini aytdi. Jamoatchilik ichki ishlar tizimi isloh qilinishini talab qilmoqda.
Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari qiynoqqa solingan tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Hasanboy Abdunabiyev saqlanayotgan “Toshturma”da bo‘ldi. O‘tkazilgan xoli suhbatlarda ular ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinganini tasdiqlab, bunga asosli dalillar borligini aytishgan.
Ombudsman idorasi tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Xasanboy Abdunabiyevning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi. “O‘zbekiston inson qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash yo‘lini tanlagan”, — deyiladi bayonotda.
Ombudsman idorasi «Gazeta.uz»ning Qoraqalpog‘istondagi mahbuslarning advokatlari qiynoqlar to‘g‘risida ma’lum qilgani haqidagi xabariga raddiya berdi. Xabarda advokatlardan qiynoqqa solish holatlari kuzatildimi, degan savolga javob olingan, deya aniqlik kiritdi ombudsman matbuot xizmati.
2021 yilda Ombudsman nomiga mahkumlar, ularning yaqin qarindoshlari hamda advokatlari tomonidan 6104 ta murojaat kelib tushgan. Mahkumlarning shikoyatlari asosida 4 ta holatda ichki ishlar xodimlarining 7 nafar xodimiga intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi. 59 nafar mahkumga tayinlangan jazolar yengilroqlariga almashtirildi.
O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun «Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari» treningi o‘tkazilmoqda. Unda, jumladan, qamoqxonalarda qiynoqlarning oldini olish ko‘nikmalari ham o‘rgatiladi.
O‘zbekistonda diniy va siyosiy sabablarga ko‘ra sudlangan 2000 nafardan ziyod mahbus bor. AQShning Diniy erkinliklar bo‘yicha xalqaro komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu sobiq ittifoq respublikalaridagi barcha diniy mahbuslar yig‘indisidan ko‘ra ko‘proq va dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Komissiya O‘zbekiston yutuqlarini qayd etdi, lekin ushbu soha jiddiy islohotga muhtoj deb hisoblaydi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Feruza Eshmatova 9 oy ichida qamoqxonalarga 120 ta monitoring tashriflari amalga oshirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, monitoring davomida qamoqxonalarda «qiynoq holatlari deyarli uchramagan». «Shu paytgacha ularning hech qaysisidan „meni bu qiynayapti“, „urdi“ yoki qanaqadir „ruhiy tazyiq, bosim, qiynoqlar o‘tkazayapti“ degan murojaat bo‘lmadi», — deydi ombudsman.
Prezident qiynoqlarning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi yangi hujjatga imzo chekdi. Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting