25-oktabr kuni O‘zbekistonda “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi. Adliya vazirligiga ko‘ra, 2024-yil 9 oyida elektron tizimlar sababli 12,7 tonna ofis qog‘ozi tejalgan. Bu orqali 240 ta daraxt saqlab qolinishiga erishildi, deb yozdi vazirlik.
1 fevraldan tibbiyot muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob jurnallari 26 tadan 14 tagacha qisqartirildi, ulardan 10 tasi soddalashtirildi. Shuningdek, 33 turdagi tibbiy karta va blankalar ham 14 tagacha qisqartirildi. «Endi shifokor va hamshiralar asosiy vaqtini bemorlarni davolashga yo‘naltiradi», — deyiladi SSV xabarida.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari shifokor va hamshiralari hozirda 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllari, qolaversa, bemorlar uchun o‘nlab turdagi blanklarni to‘ldirishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. Tizimdagi qog‘ozbozlikni bartaraf etish uchun ishchi guruh tuzildi.
Raqamli yechimlarni joriy etish hisobiga Adliya vazirligi o‘tgan yili 100 tonna qog‘ozni iqtisod qildi. Litsenziyalar va ruxsatnomalarning maxsus blankalarda rasmiylashtirilishidan voz kechilishi va elektron hujjatlar berishga to‘liq o‘tilishi natijasida 1,5 mln dollardan ziyod mablag‘ iqtisod qilindi.
1 iyundan 18 turdagi ma’lumot va hujjatning aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi. Shuningdek, 7 ta turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishni yashash joyidan boshqa hududlarda ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting