O‘zbekistonda hafta boshi quruq, ammo sovuq (aholi kuchli sovuqlik stresslariga to‘qnash kelishi mumkin), o‘rtalari biroz bulutli va yog‘inli (asosan qor) bo‘lishi, dam olish kunlari esa quruq va haroratning biroz ko‘tarilishi kutiladi. Xususan, O‘zbekiston janubida kunduzi +15 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin.
Toshkent 8-dekabr kuni joriy qish mavsumidagi birinchi qorga guvoh bo‘lgandi. Oradan bir hafta o‘tib, O‘zbekiston poytaxti birinchi haqiqiy qor bo‘ronini ham ko‘rdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari oppoq qorga burkangan shahar manzaralarini kadrlarga muhrladi.
Seul va uning atrofidagi hududlarda so‘nggi 117 yil ichida noyabr oyidagi eng kuchli qor yog‘di. Yog‘ingarchilik tufayli transport faoliyati izdan chiqdi, aviaqatnovlar bekor qilindi. Besh kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
15-oktyabr tongidan beri Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonida qor yog‘moqda. «Gazeta.uz» tarmoqlarda e’lon qilingan qorli hududdan olingan tasvirlarni jamladi.
24−25-fevral kunlari O‘zbekistonning ko‘p hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zbekiston bo‘ylab 19−20-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechalari −8…−12, ba’zi joylarda -16 darajagacha soviydi, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.
Poytaxt hokimligi aholini qor yog‘ishi 12 soatgacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aholidan shaxsiy avtomashinalardan foydalanishni minimallashtirish so‘raldi.
Tashkent Index cavdo majmuasi avtoturargohidagi soyabon qor yoqqani ortidan bir necha avtomobil ustiga qulab tushdi. Bozor ma’muriyati soyabon ostida 35 ta mashina bo‘lgani, ularning 6 tasiga shikast yetganini bildirdi. Moddiy zarar esa qoplab beriladigan bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini qorli va sovuq kunlarda ko‘chada ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga, binolar tomidan tushishi mumkin bo‘lgan qor va muzlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Toshkentda qor yog‘ishi sababli kuchli tirbandliklar kuzatilmoqda. Taksi narxlari keskin oshdi. Avtobuslar barqaror ishlamoqda, biroq yo‘llardagi vaziyat tufayli harakat jadvali buzilgan. Foto, video.
O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari harorat kechasi −3…−8 darajagacha pasayadi, kunduzi −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda esa kechalari −11…−16 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlari hududlarda asosan qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zgidromet favqulodda e’lon berdi, unga ko‘ra, jumadan boshlab O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Qalin qor yoqqani sababli 8-fevral kuni Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hudud maxsus texnikalar yordamida qordan tozalanmoqda (video).
Toshkentda 15-yanvar kuni qor bo‘roniga yaqinroq tabiat hodisasi kuzatildi: tongda uchqunlay boshlagan qor peshinga yaqin jadallashdi, ammo uzoq davom etmadi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari poytaxtning 2024-yildagi birinchi qorini suratlarga muhrladi.
Dushanba va seshanba kunlari havo sovib, hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha yuqorilaydi.
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda havo keskin sovib ketdi. Yomg‘ir qorga aylanib, yo‘llarni muz qopladi. “Gazeta.uz” muxbirlari qorli ko‘chalar, maxsus texnikalar faoliyati, ishga shoshayotgan odamlar va tirbandlikni suratga muhrladi.
Dam olish kunlarida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi +5…−10 daraja, kunduzi +10…-5 daraja atrofida bo‘ladi.
13-oktabrning erta tongidan Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li hududlarida qor yog‘a boshladi. Qamchiq dovonida qorning yerga yuqishi tezlashgan. YHXX haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni me’yoridan oshirmaslikni so‘radi.
Janubiy Afrika Respublikasining Yohannesburg shahrida 2012-yildan beri birinchi marta qor yog‘di. Hodisa namlikning ko‘tarilishi va sovuq harorat tufayli kuzatilgan. Olimlar bunga global isishning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Shanba kuni Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari bo‘ylab qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Xorazm markazi Urganchda esa 1 sutka davomida 23.7 mm yomg‘ir yog‘ib o‘tgan. “Qor va haroratning nolgacha pasayishi meva va gullarni sovuq urishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin”, — deb yozmoqda O‘zgidromet xodimi Erkin Abdulaxatov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting