«qo‘qon» tegli maqolalar


Qo‘qonda umumiy qiymati qariyb 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan qalbaki dori vositalari aniqlandi
6 fevral 2025, 10:32

Qo‘qonda umumiy qiymati qariyb 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan qalbaki dori vositalari aniqlandi

Qo‘qon shahrida yashirin sexda qalbaki dori vositalarini ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi. Ulardan umumiy qiymati qariyb 1,9 mlrd bo‘lgan dori va qadoqlar musodara qilindi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Farg‘onadagi gaz “zapravka”da avtobus yonib ketdi
13 sentabr 2024, 23:36

Farg‘onadagi gaz “zapravka"da avtobus yonib ketdi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi gaz quyish shoxobchasida Isuzu avtobusining dvigatel qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi, jarohatlanganlar yo‘q.

Qo‘qon aeroporti 1-apreldan o‘z faoliyatini tiklaydi
20 mart 2024, 11:48

Qo‘qon aeroporti 1-apreldan o‘z faoliyatini tiklaydi

Qo‘qon aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 20-mart kuni aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi, muntazam parvozlar esa 1-apreldan boshlanadi. Aeroport 2001-yildan beri fuqarolik samolyotlari uchun yopilgan va harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan.

Qo‘qonda birinchi “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tdi
16 iyul 2023, 12:04

Qo‘qonda birinchi “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” bo‘lib o‘tdi

11−15-iyul kunlari Qo‘qonda birinchi “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” o‘tkazildi. Unda Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan yoshlar qatnashdi. Festival doirasida sport musobaqalari, mahorat darslari, B2B uchrashuvlar, davra suhbatlari va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar tashkil etildi.

Qo‘qondagi yirik yong‘inga qarshi bir necha soatdan buyon kurashilmoqda
13 iyun 2023, 00:14

Qo‘qondagi yirik yong‘inga qarshi bir necha soatdan buyon kurashilmoqda

Qo‘qondagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida bir necha soatdan beri yong‘in davom etmoqda. Yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Farg‘onada uyda gaz portlashi oqibatida fuqaro vafot etdi
13 dekabr 2022, 09:39

Farg‘onada uyda gaz portlashi oqibatida fuqaro vafot etdi

Qo‘qon shahrida uyidagi gazni tekshirib ko‘rish uchun gugurt chaqqan fuqaro gaz portlashi oqibatida vafot etdi. Yonida bo‘lgan ukasi esa kuyish jarohati bilan shahar tibbiyot markaziga joylashtirildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir vafoti ortidan ikki nafar IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14 noyabr 2022, 15:35

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir vafoti ortidan ikki nafar IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smirning IIB Voyaga yetmaganlarga yordam markazida vafot etishi ortidan ikki nafar sobiq IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Avvalroq markaz rahbari lavozimidan ozod etilgandi, yana ikki xodimi janjalning oldini olmagani uchun ishdan olingandi.

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir vafoti ortidan IIB Voyaga yetmaganlarga yordam markazi rahbari ham ishdan olindi
13 noyabr 2022, 18:58

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir vafoti ortidan IIB Voyaga yetmaganlarga yordam markazi rahbari ham ishdan olindi

Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida 14 yoshli o‘smirning vafoti bo‘yicha IIV xizmat tekshiruvi yakunlandi. Unga ko‘ra, markaz direktori lavozimidan ozod etildi, 3 nafar xodimga «hayfsan» intizomiy jazosi tayinlandi.

Qo‘qonda tengdoshlari kaltaklagan 14 yoshli o‘smir vafot etishi ortidan 2 nafar IIO xodimi ishdan olindi
12 noyabr 2022, 14:54

Qo‘qonda tengdoshlari kaltaklagan 14 yoshli o‘smir vafot etishi ortidan 2 nafar IIO xodimi ishdan olindi

Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklashi oqibatida 14 yoshli bola vafot etgandi.O‘sha kuni markazda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi janjal oldini olmagani uchun ishdan bo‘shatildi. Ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi mumkin.

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir tengdoshlarining kaltaklashi oqibatida vafot etdi
8 noyabr 2022, 12:33

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir tengdoshlarining kaltaklashi oqibatida vafot etdi

16 oktabr kuni Farg‘onadagi bozorda o‘g‘rilik qilmoqchi bo‘lgan 14 yoshli o‘smir qo‘lga olinib, Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ertasi kuni u shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etdi. O‘smirni markazdagi tengdoshlari kaltaklagani aytilmoqda.

Qo‘qondagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
22 sentabr 2022, 10:12

Qo‘qondagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Qo‘qon shahridagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Uni bartaraf etish uchun 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, taxminan 300 kv.m maydonning tom qismi zararlangan.

Vestminster universitetiga $10,2 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12 avgust 2022, 19:50

Vestminster universitetiga $10,2 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

DXX tomonidan 10,2 ming dollar evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Gumonlanuvchi oldindan 5 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Samarqandda «Muzeylar kvadrati» tashkil etiladi
14 iyul 2022, 11:31

Samarqandda «Muzeylar kvadrati» tashkil etiladi

O‘zbekistonda 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, ulardan 7 tasi Samarqanddagi «Muzeylar kvadrati»da joylashadi. Qo‘qonda Zamonaviy san’at muzeyi, Urganchda Lazgi muzeyi tashkil etiladi.

Qo‘qonda Yandex Go xizmati ishga tushirildi
25 may 2022, 16:08

Qo‘qonda Yandex Go xizmati ishga tushirildi

25 may kuni Qo‘qon shahrida Yandex Go taksi xizmati ishga tushdi. Endilikda ushbu xizmat Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarini qamrab oladi.

Qo‘qondagi xonadonda vafot etgan 5 kishi is gazidan zaharlangani taxmin qilinmoqda
22 mart 2022, 12:43

Qo‘qondagi xonadonda vafot etgan 5 kishi is gazidan zaharlangani taxmin qilinmoqda

Navro‘z kuni Qo‘qon shahridagi masjid imom-xatibi va uning to‘rt nafar oila a’zolari noma’lum etiologiyali zaharlanish natijasida vafot etgan. Mutaxassislar buni is gazidan zaharlanish, deya taxmin qilmoqda.

Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
19 avgust 2021, 17:31

Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘qon hokimining birinchi o‘rinbosari va viloyat mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarini pora bilan qo‘lga olishdi, deb xabar berdi «Xabar.uz». Aytilishicha, mansabdorlar auksionda g‘olib bo‘lishi evaziga tadbirkordan 180 ming dollar talab qilishgan.

«Osiyo Shengeni» — Silk road visa amalda 2022 yildan boshlab qo‘llanilishi mumkin
25 iyun 2021, 08:32

«Osiyo Shengeni» — Silk road visa amalda 2022 yildan boshlab qo‘llanilishi mumkin

Qozog‘iston madaniyat va turizm vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan boshlab Silk road visa amalda qo‘llanila boshlashi mumkin. Avvaliga ushbu yagona viza faqat Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda amal qilishi reja qilingan edi. Qozog‘iston vakilasining so‘zlariga ko‘ra, viza Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari uchun «Osiyo Shengeni» vazifasini o‘tashi kutilmoqda.

Qo‘qon Turkiy kengash davlatlarining ilk «Turizm poytaxti» deb e’lon qilindi
24 iyun 2021, 12:36

Qo‘qon Turkiy kengash davlatlarining ilk «Turizm poytaxti» deb e’lon qilindi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining turizm vazirlari yig‘ilishida Qo‘qon shahri kengash mamlakatlarining «Turizm poytaxti» deb e’lon qilindi.

Qo‘qondagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi
19 may 2021, 17:38

Qo‘qondagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Qo‘qon shahridagi «UzGazOil» yoqilg‘i quyish shoxobchasida benzovoz yoqilg‘i to‘kish vaqtida yondi. Jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.

“Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik”. Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi
28 dekabr 2020, 13:25

“Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik”. Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi

Uyida gaz va svet yo‘q 10 dan ortiq xotin-qizlar Qo‘qon shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, mutasaddilar ularning so‘zlarini eshitmayapti. Yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata ayollar, — “urib ketishingiz mumkin, baribir uy sovuq”, — deya javob qaytarishgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting