Ekologiya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi doirasida Global ekologik fond mablag‘lari hisobidan “Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas avtomobil xarid qilindi.
Tadbirkorlarga ekoturizm obyektlarini qurish uchun davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlardan ijaraga yerlar beriladi. Hududda kemping, o‘tov, ekouy va hayvonlarni kuzatish imkonini beruvchi zonalar ochiladi. Ular haqida ma’lumot beruvchi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va mobil ilovasi ishga tushiriladi.
Ekologiya vazirligi “Surxon” qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonga tushgan morxo‘rlar, jayra va tog‘ suvsari tasvirlarini e’lon qildi. Ushbu hayvonlar Qizil kitobga kiritilgan.
Ekologiya vazirligi Chotqol davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tushib qolgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tasvirini e’lon qildi. Ushbu tur Qizil kitobga kiritilgan.
Zomin qo‘riqxonasi xodimlari yovvoyi hayvonlarni bahorgi sanoqdan o‘tkazish jarayonida yangi tug‘ilgan uchta bo‘ri bolasini topishdi. Avvalroq Tabiat resurslari vazirligi Zarafshon qo‘riqxonasida ikkita bug‘u bolasi dunyoga kelganini xabar qilgan edi.
2023 yilda Tabiat resurslari vazirligiga qarashli 5 ta qo‘riqxonaning boshqaruv tizimi yaxshilanadi. Bu ishlar uchun davlat budjetidan 19,5 mlrd so‘m ajratilmoqda. «Mazkur mablag‘ga fotoqopqonlar, dronlar, kameralar sotib olinadi, ilmiy salohiyat va laboratoriyalar kuchaytiriladi», — dedi vazirlik vakili.
Hukumat qarori bilan Qo‘ng‘irot tumanida umumiy maydoni 280 ming gektar bo‘lgan “Borsakelmas” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etiladi. Qo‘riqxona Davlat ekologiya qo‘mitasi tuzilmasiga kiradi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.
Shahrisabzda BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi. Markaz qo‘riqxonaning yovvoyi hayvonlari va faoliyat yo‘nalishi hamda yovvoyi tabiat duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida ma’lumot beradi.
Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida umumiy maydoni 1,2 mln ga bo‘lgan «Markaziy Qizilqum» milliy tabiat bog‘i, Tomdi tumanida umumiy maydoni 40 ming ga bo‘lgan «Oqtog‘-Tomdi» davlat qo‘riqxonasi tashkil etilmoqda.
Mo‘ynoqda alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish maqsadida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting