Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning kuchi Qrim va Donbassni qaytarib olishga yetmasligi, Putinga bosim o‘tkazish va bu urushni to‘xtatish uchun kuchli Amerika va Yevropa kerakligini aytdi. “Menda shunday taassurot borki, hamma Putin Rossiyasidan qo‘rqadi, u jazosiz qolmoqda”, — dedi Zelenskiy.
Rossiya Qora dengiz flotining bosib olingan Sevastopoldagi shtab-kvartirasi raketa hujumiga uchradi. Binoning tomi va yuqori qavati vayron bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumda Ukrainani aybladi. Ukraina harbiylari esa ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
Prezident topshirig‘iga asosan, Qrim va Sevastopolda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarga ko‘chirishga ruxsat berildi. Avvalroq bu bo‘yicha talabalar davlat rahbariga videomurojaat yo‘llagan edi.
Qrimdagi tibbiyot universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar o‘qishlarini vatandagi OTMlarga o‘tkazishda yordam so‘rab prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi.
Qrim ko‘prigining avtomobillar yuradigan bo‘lagida yuk mashinasi portladi. Oqibatda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Ko‘prikda harakat to‘xtatilgan.
Rossiya Davlat Dumasining Donetsk va Lugansk respublikalarini tan olish qarorini ma’qullagani, Ilon Maskning 5,7 mlrd dollarlik Tesla aksiyalarini xayriya qilgani, Mashqlarni yakunlagan Rossiya harbiylarining Qrimni tark etayotgani, Texas bosh prokurori Ken Pakstanning Facebook’ni sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qrimda kuchli yomg‘irlar natijasida 300 dan ortiq uyning suv ostida qolgani, Ukrainadagi yirik hududlarga 30−40 yil ichida cho‘llanish tahdid solayotgani, Yaponiyada 20 iyundan boshlab favqulodda holat rejimining bekor qilinayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Janubiy Koreya rahbarining davlat xodimlari bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi uchun uzr so‘ragani, Ukrainada Qrimni deokkupatsiya qilish strategiyasining tayyorlangani, Xitoy hukumatining Alibaba’dan media aktivlar portfelini qisqartirishni talab qilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
AQSh Qrimning Rossiyaga qo‘shilib olinganini hech qachon tan olmaydi, deya ta’kidladi Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting