Qumqo‘rg‘ondagi sel talafotlarini bartaraf etishga Surxondaryoning boshqa tumanlaridan 10 ming kishi, 350 dan ortiq yuk va maxsus transport vositalari jalb qilindi. Ichki yo‘llar shag‘allashtirilib, aholi xonadonlari va boshqa obyektlar dezinfeksiyalandi, daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi. Foto.
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumani hokimi hokimlik balansiga fuqarodan “Equinox” mashinasini hadya sifatida qabul qilish bo‘yicha farmoyish imzolagandi. Antikorrupsiya agentligi taqdimnomasidan keyin hokim eski farmoyishini bekor qildi. Ikki hujjat ham E-qaror tizimida yashirin holda turibdi.
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lmagan 17 sotix yer maydonini 8 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi xaridordan 100 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumaniga Anvar Normamatov hokim etib tayinlandi. Sobiq hokim tumanning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari pastligi uchun tanqid qilingan edi.
6 may kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida yoqqan kuchli yomg‘ir oqibatida hosil bo‘lgan sel oqimlari 340 ta aholi xonadonlari va tomorqasiga kirgan.
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik ko‘p o‘tmay yaroqsiz holga keldi. Viloyat prokuraturasi pudratchi qurilish vaqtida 34,5 mln so‘mlik ishlarni bajarmaganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting