Toshkentda hokim yordamchisi o‘zgalarning nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi. Hokimlik uni 2024-yil noyabrda ishdan bo‘shaganini ta’kidlab, OAVni ma’suliyatli bo‘lishga chaqirdi. Prokuratura esa u jinoyatni hokim yordamchisi bo‘lganida sodir etganini qayd etib, hokimlikni jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi.
Ombudsman idorasi «Gazeta.uz»ning Qoraqalpog‘istondagi mahbuslarning advokatlari qiynoqlar to‘g‘risida ma’lum qilgani haqidagi xabariga raddiya berdi. Xabarda advokatlardan qiynoqqa solish holatlari kuzatildimi, degan savolga javob olingan, deya aniqlik kiritdi ombudsman matbuot xizmati.
Magic City ma’muriyati bog‘ hududida pichoqbozlik sodir bo‘lganini inkor qildi. Milliy gvardiya esa o‘z xabarini yangiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Zangiotadagi COVID-19 markazida elektr ta’minoti uzilib, ko‘plab bemorlarning vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kasalxonada uchta dizel generatori mavjudligi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting