Prezident barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beruvchi platformani ishga tushirish kechikayotganini ta’kidladi. “Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa, ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi”, — dedi u. O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olish jarayonini tezlashtirish buyurildi.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hukumatlar oldiga tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish, xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
Prezident IT sohasiga doir yig‘ilishda mahalla qo‘mitalari xodimlari planshet va kompyuterlar bilan ta’minlansa ham, raqamli yechimlardan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. “Raqamli mahalla” tizimini ishga tushirish, “Xalq nazorati” platformasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etiladi. Tizim esa to‘liq raqamlashtiriladi. Shuningdek, mahalla raisining vakolatlari kengayadi.
“O‘zbekneftgaz” konlarda quduq qazish jarayonidagi geologik xatarlarni kamaytirish, shuningdek, konlar, geologik va texnik ma’lumotlarni raqamlashtirish hisobiga 64,4 mln dollar iqtisodiy foyda ko‘rgani haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonning yettita shahrida Xalq nazorati platformasi ishga tushiriladi, xalqaro IT sertifikatlarini olish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi hamda 47 turdagi ma’lumotning talab etilishi bekor qilindi.
Prezident raqamlashtirishni jadallashtirish uchun hududlarda Raqamli tashqi reklama portali ishga tushishini ma’lum qildi. Tashqi reklamadan tushgan pulning 20 foizi viloyatlarning o‘zida sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda yangi avtomobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berishning elektron tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Prezident hali ko‘plab sohalar raqamlashtirilmaganini tanqid qildi. Masalan, odamlar «086-shakl» olish uchun har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.
Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini tanqid qildi. Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliyada 32 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmaganini ta’kidladi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida «Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi bunyod etildi. 20 petabayt xotiraga ega tizim ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi. Prezident markazni mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi» deb atadi.
O‘zbekiston️ va Germaniya o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Unga muvofiq, ️Germaniya taraqqiyot banki soha rivoji uchun O‘zbekistonga qariyb 62 mln yevro investitsiya kiritadi.
«Endi tizim bundan ham qattiq bo‘ladi, mana shuni bilinglar. Qonun ustuvor — jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak. Hamma hokim xulosa qilishi kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Prezident korrupsiyaning oldini olish uchun sohalarni raqamlashtirish zarurligini qayd etdi.
Prezident sud hokimiyati organlarining faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha dasturni tasdiqladi. Yil oxiriga qadar sud majlislarida qatnashish imkoniyatini beruvchi mobil ilovani yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 2021 yildan boshlab barcha sudlardagi majlislarni audioyozuvga yozib olish mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting